Diplomatik etiket
– bu diplomatlar va boshqa rasmiy shaxslarning bir-biri
bilan diplomatik tadbirlarda bo‗ladigan muloqotlari chog‗ida amal qiladigan yaxshi
xulkdarining qoidalari. Diplomatik etiket shakllanish jarayonida umumiy etiket
qoidalariga tayanadi, shu bilan birga diplomatik normalar va qoidalar biznes
etiketi amaliyotida va umumiy etiket qoidalarida o‗z aksini topadi. Ushbu
qoidalarni bo‗zilishiga yo‗l qo‗yish mumkin emas, oddiy takallufning
munosabatlarda qo‗llanmasligi diplomatik etiketda hurmatsizlikka tenglashtiriladi
hamda xalqaro va millatlararo ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qodir.
Diplomatiya
— bu o‗zaro kelishuvlar, bitim va konvensiyalar tuzish
san‘atidir. Ushbu natijalarga uchrashuvlarning muvaffaqiyatli yakunida erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |