2. O‗quv fanining mutaxassislar tayorlashdagi o‗rni va ta‘lim
yo‗nalishidagi boshqa fanlari bilan bog‗liqligi
Bo‗lajak mutaxassislarning ijtimoiy va siyosiy dunyoqarashlarini, ma‘naviy
qiyofasini, hamda mutaxassisligi bo‗yicha muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatish uchun
zarur bo‗lgan nazariy bilimlarini va amaliy ko‗nikmalarini shakllantirish uchun
bakalavriat davrida talabalar mutaxassis fan materiallarini o‗zlashtirishlari kerak
O‗quv rejalarida fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va tabiiy
ilmiy, umumkasbiy hamda maxsus fanlar guruhlariga bo‗linib ko‗rsatiladi.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar guruhi bo‗lajak mutaxassislarning ijtimoiy-
siyosiy dunyoqarashlarini hamda ma‘naviy qiyofasini shakllantirish uchun xizmat
qiladi. Matematika va tabiiy ilmiy fanlar guruhi yoshlarning har tomonlama
rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Umumkasbiy hamda maxsus fanlar
13
guruhlari yoshlarda mutaxassisligi bo‗yicha zaruriy nazariy bilimlar va amaliy
ko‗nikmalar majmuini shakllantiradi.
Xorijiy manbalarga asosan, kasb egalari quyidagilarni bilishi lozim
hisolangan
5
:
1.
Har qanday kasb egasi qasamyodini buzmasligi va unga amal qilishi va
kasbiy mohir ustasi o‗lishi zarur.
2.
XVI asrda: har bir soha mutaxassisi o‗z sohasi bilan bir qatorda uchta
kasbga - diniy, tibbiyot va qonunlarni bilishi lozim bo‗lgan.
3.
XIX asrda: yangi kasblar paydo bo‗lgan va eski kasb mutaxassislariga
kattaroq hurmat qilishgan.
Professional etika va etiket fani umumkasbiy fanlar guruhiga kiritilgan. Bu fan
bo‗lajakda har tomonlama etuk mutaxassislarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega.
Ushbu fan materiallari bo‗yicha bo‗lajak mutaxassislar muvaffaqiyatli faoliyat
ko‗rsatish uchun zaruriy umumiy va kasbiy axloqiy qoidalarni va me‘yorlarni
o‗rganadilar. Ushbu fanning mutaxassislar tayyorlashdagi o‗rni ana shundan iborat.
Tabiatda bironta voqea o‗z-o‗zidan sodir va bironta narsa o‗zicha paydo
bo‗lmaydi. Voqealarning sodir va narsalarning paydo bo‗lishi bir-birlari bilan
bog‗liq bo‗ladi. Fanlar ham o‗z-o‗zidan vujudga kelmaydi. Bir fan boshqa fandan
ajralib chiqishi yoki bir nechta fanlar o‗rtasida paydo bo‗lishi mumkin. SHuning
uchun kasbiy etika va etiket o‗quv fani o‗quv rejasining boshqa fanlaridan
ajratilgan holda o‗qitiladi deyish xato bo‗ladi, chunki u dinshunosliq falsafa,
ruhshunoslik (psixologiya), sotsiologiya, madaniyatshunosliq iqtisodiy geografiya
va ekologiya, sayyohlarga xizmat ko‗rsatish hamda servis xizmatlarini tashqil etish
kabi fanlar bilan o‗zaro bog‗liq. Ushbu qo‗llanmada kasbiy etika va etiket fanining
dinshunosliq psixologiya, falsafa, madaniyatshunosliq iqtisodiy geografiya va
ekologiya hamda sayyohlarga xizmat ko‗rsatishni tashqil etish fanlar bilan asasiy
bog‗liqlik joylari ko‗rib chiqiladi.
Etikaning shakllanishida va rivojlanishida dinning ahamiyati juda ham katta.
Masalan, Islom dinida va uning muqaddas kitobi bo‗lgan Qur‘oni Karimda axloqiy
5
http://ethics.iit.edu/teaching/professional-ethics.
14
qoidalarga alohida e‘tibor berilgan va uning eng muhim tushunchalari ta‘riflangan
va insoniyatni ularga amal qilishga undalgan. Bu axloqiy qoidalar quyidagilardan
iborat: yaxshilik qilish, kechirimli bo‗lish, sabr-qanoatli bo‗lish, aldamasliq
shirinsuxanliq ota-onani, o‗zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomusli,
sadoqatli bo‗lish va boshqalar. Boshqa dinlar ham jamiyatning ahloqiy
qoidalarining shakllanishida va rivojlanishida katta rol o‗ynagan. Lekin hamma
dinlarda ham ahloqiy qoidalar bir xil deb bo‗lmaydi. Ayrim hollarda ular bir-
birlariga zid ham bo‗lishlari mumkin.
Etika va etiket falsafa fani bilan ham bevosita bog‗liq bo‗lib, ular bir xil
masala, ya‘ni axloq bilan shug‗ullanadi. Agar falsafa axloqning kelib chiqish
tarixini va uning rivojlanish qonuniyatlarini o‗rgansa, etika va etiket esa uning
amaliy tomonlarini o‗rganadi. SHunday qilib, falsafa axloqning nazariy masalalari
bilan shug‗ullanadi, etika va etiket esa jamiyatda qo‗llaniladigan axloqiy qoida va
me‘yorlarni o‗rganadi.
Psixologiya va etika va etiket fanlari o‗rtasida ham ma‘lum bog‗liqliq
mavjud. Agar ruhshunoslik fanining mehnat psixologiyasi bo‗limi mehnat turiga
xos xossalarning odamga ruhiy ta‘sirini o‗rgansa, etika va etiket fani esa turli kasb
egalarining qanday axloqiy qoidalarga rioya qilish kerakligini o‗rganadi.
Etika va etiket iqtisodiy geografiya va ekologiya fanining ekologiya qismiga
aloqador. Ekologiya va etikaning bir–birlari bilan chambarchas bog‗liqligi, ayniqsa
oxirgi yillarda, tasdiqlanmoqda. Ma‘lumki, jamiyat a‘zolarining tabiat qonunlariga
rioya qilmasligi va undan yovo‗zlarcha foydalanishlari natijasida oxirgi yillarda
ekologik fojiali holatlar vujudga kelmoqda. Ulardan biri dunyoda o‗rtacha yillik
haroratning oshib borishi va uning natijasida mo‗zliklarning erishi, yoki ba‘zi bir
mintaqalarda, masalan Orol dengizi ko‗rfazida kurg‗oqchilikning yuzaga kelishi va
boshqalar. Kelib chiqishi mumkin bo‗lgan fojialarning oldini olish va tabiatdan
oqilona foydalanish uning qoida va me‘yorlarini amalga zudlik bilan tadbiq
etishni talab qilinadi. Ma‘lumki, amaliy me‘yor va qoidalarni ishlab chiqish etika
va etiket fanining asosiy masalalaridan hisoblanadi.
15
Madaniyatshunoslik va etika fanlarining o‗rtasida ham o‗zviy bog‗lik
mavjud, chunki etika fani odamlarga va kasb guruhlariga axloqiy qonun va
qoidalarni o‗rgatish orqali ularning va jamiyatning umumiy madaniyatini
oshirishga yordam beradi.
Etika fani maxsus fanlar, chunonchi «Sayyohlarga xizmat ko‗rsatishni
tashqil etish» fani bilan ham bevosita aloqador. Uning boisi shundan iboratki,
sayyohlarga va aholigi xazmat ko‗rsatishda ovqatlanish korxonalari xodimlari
etika qoidalariga qat‘iy rioya qilishlari shart. SHundagina mehmonlar kayfiyati
bo‗zilmaydi va iste‘mol qilingan taom yaxshi hazm bo‗ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |