76
sifatida, sanalogiya
esa - guruh, jamiyat va populyasiya salomatligi haqidagi fan
sifatida shakllangandir.
Sanalogiya gigienik tartib-intizom turkumiga kiradi,ya'ni odamlarning
sog'lig'ini shakllanishiga ta'sir etuvchi atrof-muhit omillariga bog’lik,valeologiya
esa atrof-muhit ko'rsatkichlari bilan baholanmaydi,chunki har bir shaxsning
kasalligi faqat atrof-muhit omillari ta'sirida emas,balki organizmning shaxsiy
rezervlarining pasayishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin.
Sanalogiya -
jamoat salomatligini, sog'lomlarni sog'lig'ini mustahkamlash va
muhofaza qilishni o’rgatish bilan birga quyidagilarni ham o’rgatadi:
1. Birlamchi,ikkilamchi kasalliklarni xavf omillarini
2. Sog'liq bilan ta'minlanganlikni
3. Turmush tarzini Sog'liqqa ta'sirini
4. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishni, sog'lom turmush tarzi
aspektlarining rolini - tibbiy aktivlikni va boshqalarni.
Shunday qilib,
sanalogiya
-jamoat salomatligi,sog'lomlar salomatligini
mustahkamlashga, muhofaza qilishga, salomatlikni jamiyat boyligi sifatida tan
olishiga qaratilgan fandir.
Sanalogiya kasalliklarni kelib chiqish sabablarining (patogenezi)asosiy
qonuniyatlarini hisobga olgan holda,Sog'liqni shakllantirish yo'llari va
mexanizmini (sanogenezi) ishlab chiqadi hamda aholi salomatligiga ta'sir
etuvchi
omillarni butunligicha chuqur o'rganadi.
Ko’pgina tekshiruvlar natijasiga ko'ra va maqolalarda chop etilishicha, aholi
salomatligini baholovchi omillarning:
- 50-55% i turmush
tarzi va turmush sharoitiga;
- 15-20% i insonni o’rab turgan tashqi muhitning holatiga (uning tarkibi,
ifloslanganlik darajasi), ekologik fojiasiga;
- 20% gachasi - ichki, nasliy sabablarga (gen-xromosom tarkibining
dinamikasi va holati, tug’ma anomaliyalar va boshqalar);
- 10-15% i Sog'liqni saqlash tizimining holati va rivojlanish darajasiga
bog’liq.
Bu esa o’z yo'lida yanada aholi salomatliga, jumladan
bolalar salomatligiga
ta'sir etuvchi salbiy omillarni bartaraf etish lozimligini va shundagina sog'lom
turmush tarzini shakllantirishga erishish mumkinligini taqoza etadi.
Sanalogiya, jamiyat salomatligini mustahkamlash va uni yaxshilash yo'lida,
kelajakdagi maqsadi strategik profilaktikani ishlab chiqishni o’z zimmasiga oladi.
Sanalogiya tarixiy tibbiyot yutuqlariga tayangan holda, kasallikni oldini
olishga qaratilgan barcha ma'lumotlarni yig’adi va ularni jamlaydi. Mashxur tabib
Gippokrat, yuzaga kelgan kasallikni davolagandan ko'ra, uni kelib chiqishini oldini
olgan osonroq,deb aytgan.Bunda faqat yuqumli kasalliklarga qarshi olib
boriladigan sanitar-oqartuv tadbirlar emas,balki kasallikni erta aniqlash va
davolash ishlari, olib boriladigan dispanserizasiya
ishlari samarasi, ommaviy tibbiy
ko’riklar va aholini avtomatlashtirilgan moslamalar va apparaturalar yordamida
tekshiruvdan o’tkazish amaliyoti hisobga olinadi.
77
Umumdavlat Sog'liqni SAQLASh tizimida zamonaviy
tibbiyot jarayonlariga
bog’liq holda profilaktika ishlarini o'rganish, ijtimoiy iqtisodiy sharoitni hisobga
olgan tarzda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar
usullarini va samarali dasturini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Bu yo'nalishda sanalogiyaning asosiy vazifalaridan biri-boshqa
mutaxassislar bilan birgalikda yaxshi ekologik sharoitlar yaratish yo'llarini izlab
topishdan iboratdir.
Birlamchi profilaktika dasturi ("Salomatlik" dasturi) tajribasi, hamda BSST
(VOZ) ishtirokidagi dasturlar va boshqa xorijiy birlashmalar ularning
samarali
ekanligini ko’rsatmoqda.Masalan,yurak qon-tomir tizimi kasalliklari
profilaktikasining kooperativ dasturi,BSST tarmoqlarida 27ta mamlakat ishtirokida
ish olib borib, 10-15 yil ichida ko’pgina davlatlarda (Yaponiya, AKSh,
Finlyandiya, Kanada va boshqalar) bu kasalliklar sababli yuzaga kelayotgan
o'limni 30%, vaholanki 40%ga kamaytirdi. Bu esa umumiy o'limni 10%ga
kamayishiga olib keldi.
Shunday qilib, sanalogiyaning asosiy vazifasi -
Do'stlaringiz bilan baham: