Markaz majburiyatlari; - yuqori darajada davolash-diagnostika faoliyatini ta'minlash;
- O'zbekiston Respublika Sog'liqni Saqlash Vazirligi organlari bilan uzviy
bog'liqliqda tabiat va texnika xavf-xatarlar asoratlarini bartaraf qilishda ishtirok
etish;
- Qoraqalpog’iston va viloyat filiallariga maslaxatli, uslubiy va texnikaviy
yordam ko'rsatish;
- shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha viloyat filiallarida amaliy
faoliyatlarini va ilmiy-tadqiqot ishlarini tekshirib turish;
- shoshilinch holatlarda diagnostika, davolash va profilaktika ishlarini yangi
texnologiyalari ishlab chiqishda yuqori darajada ilmiy tekshiruvlar o’tkazishni
ta'minlash;
- shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish bo'yicha takliflar
kiritish;
- o’z klinika bazalarini shoshilinch tibbiy xizmati sohasidagi tibbiy kadrlar
malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash uchun tavsiya etish.