O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

strategik 
yo’nalishlarida 
profilaktika har doim muhim ahamiyat kasb etgan va etib 
kelmoqda, shuning uchun 10-15 yil mobaynida profilaktika tadbirlari keng olib 
boriladigan vrach va bemorning birinchi kontakti bo’lgan birlamchi tibbiy 
muassasalarni isloh qilish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimini 
takomillashtirishga katta e'tibor berildi. 
Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri tibbiy 
yordam modelining tashkiliy strukturasi  bilan bog’liq bo’lgan jamiyatning 
bevosita va bilvosita yo’qotishlarini kamaytirish maqsadida Sog’liqni saqlash 
tizimini intensiv rivojlantirish va mavjud resurslardan samarali foydalanish 
maqsadida yangi iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqishdir. Bu esa o’z navbatida 
tibbiy xizmatni restrukturizatsiya qilish va tibbiy xizmat ko’rsatishning yangi 
usullarini keng tadbiq etishni talab qiladi. 
Shuning uchun  umumamaliyot shifokori tizimiga o’tish yangi turdagi 
davolash-profilaktika muassasalarini tashkil qilishni talab etmoqda - qishloq va 
shahar aholisi yashash joyida malakali tibbiy xizmat olish uchun qishloq va shahar 
(mahalla) vrachlik punktlari (QVP, ShVP) tashkil qilinmoqda. 
Birinchi marta respublikada tibbiy xizmatni yangi turlari hamda umumiy 
amaliyot shifokori tizimi ishlab chiqildi va tadbiq etildi, jumladan, qishloq vrachlik 
punktlari orqali. Bu esa o’z navbatida, qishloq sharoitida tibbiy muassasalarni 
integrasiya qilish va samarasiz ishlayotgan tibbiy muassasalarni tugatish imkonini 


20 
 
berdi. Mazkur muassasalar sonini qisqarishi qishloq sharoitida ko’p bosqichli 
yordamdan (FAP, QVA, KUK, RK, MRK) ikki bosqichlik yordam (QVP, MRK) 
tizimiga yetish imkonini yaratdi va aholini turli muassasalarga murojaatini 
kamaytirdi. 
Islohotlarning asosiy natijalaridan biri  davlat, xususiy va boshqa sog’liqni 
saqlash tizimlarini yaratilishi bo’ldi. Olib borilayotgan islohotlar va uzoq muddatli 
konsepsiya Sog’liqni saqlash tizimini bosqichma- bosqich sug’urta tibbiyotida 
o’tishni ta'minlab beradi. 
Shunday qilib,   1998-2005 yillardagi islohotlarning asosiy vazifalari 
quyidagilar hisoblandi: 
- aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishning kafolatlangan darajasi 
sifatini davlat tomonidan ta'minlash; 
- aholiga shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam tizimini 
mustahkamlash; 
- davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etish va joylashtirish tizimini 
takomillashtirish, umumiy amaliyot shifokori tizimiga bosqichma-bosqich o’tish; 
- tibbiy xizmatlar va sug’urta tibbiyoti bozorini vujudga keltirish; 
- sog’liqni saqlashni boshqarish tizimini soddalashtirish, davolash-profilaktika 
muassasalariga ko’proq mustaqillik berish hisobiga uning samaradorligini oshirish, 
sog’liqni saqlash tizimida nodavlat sektori hamda xususiy vrachlik amaliyotini 
rivojlantirish; 
- bepul tibbiy xizmatlar ko’rsatishda byudjet harajatlari samaradorligini oshirish, 
aralash va xususiy moliyalashning turli shakllarini rivojlantirish hisobiga sog’liqni 
saqlashning moliyaviy negizini takomillashtirish; 
- tarmoqni isloh qilishning me'yoriy-huquqiy negizini tashkil etish; 
- tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning mahoratini oshirish 
jarayonini takomillashtirish; 
- jismoniy tarbiyani rivojlantirish va aholi salomatligini profilaktika qilishning turli 
shakllarini integratsiyalash; 
- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tarmoqqa xorijiy  sarmoyalar va 
texnologiyalarni jalb qilishni kengaytirish. 
Sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta'minlashni takomillashtirish tibbiy 
xizmatlarni bepul va pullik xizmatlarga ajratilishi orqali olib borilishi ko’zda 
tutilgan. Bepul ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar davlat byudjeti tomonidan, pullik 
xizmatlar esa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mablag’ bilan ta'minlanadi. 
Tibbiy xizmat bozorini rivojlantirish o’z navbatida tibbiy muassasalarni 
samarali boshqarish, davolash va profilaktika muammolarini samarali yechimini 
topish maqsadida nafaqat professional bilimlarga, balki menedjment va marketing 
bilimlariga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash muammosini keltirib chiqaradi. 
Sog’liqni saqlash tizimi vazifalarini hal etishda aholiga ko’rsatilayotgan 
tibbiy xizmatining  usul va uslublari hisoblanadi. 
 


21 
 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish