O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Inkasso  bo‘yicha  hisob-kitoblar



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/222
Sana08.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#335138
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   222
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Inkasso  bo‘yicha  hisob-kitoblar.  N aqd  pulsiz  hisob-kitoblarning 
eng  k o ‘p  q o ‘llaniladigan  shakllaridan  biri  inkasso  b o ‘yicha  hisob- 
kitoblardir.  Bunday  shakl  kam ida  u chta  iqtisodiy  kontragent:  xaridor, 
sotuvchi  va  ushbu  operatsiyani  amalga  oshiradigan  tijorat  bankining 
mavjud  b o ‘lishini  nazarda  tutadi.  Agar  xalqaro  bitim   (ya’ni,  turli 
m am lakatlarga  mansub  kontragentlar  qatnashuvchi  bitim)  bo'yicha 
t o ‘lovlarni  amalga  oshirishda  hisob-kitobning  bu  uslubi  tanlangan 
b o ‘lsa,  u n d a   m azkur  operatsiyani  bajarish  jarayonida,  odatda,  ikkita 
bank:  eksportchi  banki  va  im portchiga  xizmat  ko'rsatuvchi  bank  ish 
olib  boradi.
Inkasso  operatsiyasining  amalga  oshirilishida  bank  o ‘z  mijozining 
topshirig‘iga  ko‘ra uning biznes  b o ‘yicha sherigidan yuklab jo'natilgan 
to v a r  yoki  k o ‘rsatilgan  x izm a tla r  u c h u n   to 'lo v n i  oladi.  Bank  bu 
m ablag‘larni  eksportchining  hisobvarag‘iga  o ‘tkazadi.  Ushbu  hisob- 
kitoblarning amalga oshirilishi  u c h u n   iqtisodiy kontragentlar muayyan 
tovarlarni  tovar xaridorining  manziliga yuklab j o ‘natishga doir bitimni 
tuzishi  zarur.  S hundan  so ‘ng  sotuvchi  o'ziga  xizmat  k o ‘rsatadigan 
bankka bu  bitimni tasdiqlovchi va bankni  iqtisodiy kontragentlar tuzgan 
bitim ning  m uddatlari,  shartlari  va  hajmlari  haqida  xabardor  qiladigan 
h u jja tla rn i  ta q d im   e ta d i.  B a n k k a   ta q d im   e tilish i  z a ru r  b o 'lg an


hujjatlarning muayyan  t.irkum i  mavjud,  B unday ro ‘yxat aniq bankning 
talablariga  va  shu  davlat  b an k   tizimining  o ‘ziga  xos  xususiyatlariga 
muvofiq  tuziladi.  Turli  b an k la r hududida joylashgan  bir necha banklar 
haq t o ‘lashni  amalga oshirishida boshqa davlatdagi  banklar q o ‘yadigan 
talablarni  hisobga  olish  zarur.  Bunday talab shu  bilan bog‘liqki,  u sh b u  
inkasso operatsiyasini  o ‘tkazishning  navbatdagi  bosqichi  xaridor banki 
bilan sotuvchi  banki o ‘rtasida tegishli  hujjatlarning berilishidan iborat. 
S h u n d a n   keyin  xaridor  banki  hujjatlarga  muvofiq  sum m ani  sotuvchi 
bankiga  o ‘tkazadi,  sotuvchi  banki  pul  m ablag‘larini  bevosita  tovarni 
sotuvchining  hisobvarag‘iga  o'tkazadi.
inkasso bo'yicha hisob-kitoblar ikki turda:  oddiy inkasso va hujjatli 
inkasso  b o ‘ladi.
Oddiy inkasso to'lovnm g shunday tizimiki,  u n d a to ‘lovning undiri- 
lishi  inkasso  shartlari  asosidagi  bitimning  tuzilganligini  tasdiqlaydigan 
m oliya  hujjatlari  olinganida  amalga  oshiriladi.
Hujjatli  inkasso  to 'lo v n in g   oluvchiga  haqi  toMangan  tovarning 
yetkazib berilishi yuzasidan  ayrim kafolatlar beriladigan tizimga kiradi. 
B u nday  kafolatlar  toMovning  o'tkazilishi  am alga  oshirilishida  faqat 
inkasso shartlari asosidagi bitimning tuzilganligini tasdiqlaydigan tegishli 
hujjatlar  va  yuk  bilan  birga  yuboriladigan  tijorat  hujjatlari  olinganida 
beriladi.  Shunday  qilib,  inkasso  bo'yicha  hisob-kitoblarning  amalga 
oshirilishi  shartlari  amaliy  sheriklarning  bir-biriga  ishonishi  darajasiga 
q a ra b   o ‘zgarishi  m um kin.  B u n d a n   tashqari,  to v arn in g   o ‘ziga  xos 
xususiyati  ham  faqat  tovar  yuk  bilan  birga  yuboriladigan  hujjatlar 
xaridorga yetib kelganidan  keyin  toMashning obyektiv zarurligini keltirib 
chiqarishi  mumkin.  Bu ushbu  tovarni  saqlash  m uddatlarining cheklan- 
ganligi va tashish sharoitlarining og‘irligi bilan bog‘liq b o ‘ladi.  Masalan, 
tovar yetkazib beriladigan  yo'l o 'tadigan  h u du d d a jinoyatchilik darajasi 
yuqori  b o ‘lganida  shunday  qilinishi  m um kin.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish