alohida m am lakatni boshqalar evaziga imtiyozga ega b o ‘lishga intilish
oqibatidagi kelishmovchiliklar. Buning munosabati bilan vaqti-vaqti
bilan m am lakatlarning valuta siyosatining turli shakllari yordam ida
iste’mol bozorlari, kapital qo'yilmalar jarayonlari, xom ashyo manbalari
uch u n valuta janglari qo'zib turadi. U shbu janglarda devalvatsiya va
revalvatsiya, valuta kurslari rejimining ko‘p xilligi, valuta intervensiyasi,
valuta cheklovlari ishlatiladi.
V aluta cheklovlari valuta siyosatining shakllaridan biri sifatida
m u n ta z a m ravishda ishlatiladi. Valuta cheklovlari — bu, rezident va
norezidentlarning valuta ham da boshqa valuta qim m atliklari bilan
operatsiyalarini qonunchilik yoki m a ’muriy jihatdan taqiqlash, limitlash
va cheklashdir.
Valuta cheklovlari rezident va norezidentlar valuta operatsiyalarini
tekshirish orqali valuta qonunchiligiga rioya etilishini t a ’minlaydigan
valuta nazoratining tarkibiy qismidir. Valuta
cheklanishlari mavjudligida
valuta nazorati jarayonida litsenziya va ruxsatnomalarning b o r-y o ‘qligi,
rezidentlar to m o n id an milliy valuta bozorida xorijiy valutalarning
sotilishi bilan bogMiq tala b la rn in g b a jarilishi, xorijiy valuta d ag i
to ‘lovlarning asoslanganligi, valuta operatsiyalari b o ‘yicha hisobni
yuritish h a m d a hisobotning sifati tekshiriladi.
Valuta cheklovlari mavjudligida valuta nazorati funksiyalari, odatda,
Markaziy bankka yuklatiladi, ayrim davlatlarda esa b u nin g u c h un
maxsus organlar tashkil etiladi (masalan, Fransiyada ikkinchi ja h o n
urushidan s o ‘ng).
Valuta siyosatining turli-tum anligi sifatidagi valuta cheklovlari
quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: I) to'lov balansini birxillashtirish; 2)
valuta kursini q o ‘llab-quwatlash; 3) joriy strategik vazifalarni bajarish
uchun valuta qimm atliklarining davlat q o ‘lida to 'p la n u v i. V aluta
cheklanishlari o'zining kamsitish xarakteri bilan ajralib turadi, chunki
valuta qimmatliklarini, mayda va o ‘rta tadbirkorlar hisobiga, ularni
xorijiy valutalar olishi uchun qiyinchiliklar tug'dirgan holda, davlat
hamda yirik korxonalar foydasiga qayta taqsimlanishiga k o ‘maklashadi.
Shu sababli monopollashmagan sektor valuta cheklanishlari kiritilishiga,
odatda, qarshi chiqadi.
V aluta cheklanishlari, o d atda, h a m k o r savdogarlarga n isbatan
q o lla n ila d ig a n tazyiq va kamsitish siyosatining tarkibiy qismi bo'lib
hisoblanadi. U shbularni q o 'llanilishida siyosiy s a b a b la r k a tta rol
o ‘ynaydi.
Valuta cheklovlari quyidagilarni nazarda tutadi:
1) Xalqaro pul to'lovlari va kapital o ‘tkazmalarini
muvofiqlashtirish,
eksport tushumi, foyda, oltin harakati, pul belgilari h a m d a qimmatli
qog‘ozlar repatriatsiyasi;
2) xorijiy valutaning erkin oldi-sotdisini taqiqlash;
3) xorijiy valuta va boshqa valuta qimmatliklarining davlat q o‘lida
to ‘planuvi. Shu jum ladan, t o ‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkre-
ditjvlar va boshqalar), nom inali xorijiy valutada k o ‘rsatilgan qimmatli
qog'ozlar, qim m atbaho metallarning t o ‘planuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: