«Hayot faoliyati xavfsizligi»kafedrasi «Hayot faoliyati xavfsizligi»


Тajriba mashg`ulotlarini o‟tkazish tartibi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,49 Mb.
#334907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
kopiya tazhr. khfkh

Тajriba mashg`ulotlarini o‟tkazish tartibi

 

Тajriba mashg`ulotlarini o‘tkazishning mazmuni va usulidagi ba‘zi tafovutlarga qaramasdan 



yo‘riqnoma berishning umumiy elementlari ularning Har biriga u yoki bu darajada xosdir . 

I.

 Birinchi tajriba mashg`ulotini o‟tkazishda beriladigan yo‟riqnomada quyidagi asosiy 

masalalarga e‟tibor qaratiladi: 

1) tajriba mashg`ulotlarini o‘tkazishning maqsadi to‘g`risida ma‘lumot berish; 

2) talabalarni ish o‘rinlarini almashtirish grafigi bilan tanishtirish (nofrontal usulda); 

3) tajriba xonasi va undagi ish o‘rinlari bilan tanishtirish; 

4) tajriba xonasidagi hatti - harakat qoidalari bilan  tanishtirish; 

5) asbob-uskunalar bilan ishni bajarishda xavfsizlak texnikasi qoidalari bilan tanishtirish; 

6) talabalarning ish o‘rinlarini aniqlab berish (ularni ish o‘rinlariga  taqsimlash); 

7)  topshiriqlarni  bajarish,  ma‘lumotlarni  qayd  qilish,  ish  natijalarini    rasmiylashtirish  va  hisobot 

tuzish tartibi to‘g`risida ko‘rsatmalar berish; 

8) talabalarga navbatdagi tajriba ishlarining topshiriqlarini tarqatib  berish; 

9) mashg`ulotlar yuzasidan talabalarning bergan savollariga javob berish.   

II.

  Keyingi     (navbatdagi)  mashg`ulotlarni boshlashdan oldin     beriladigan     yo‟riqnomani 

quyidagi tartibda o‟tkazish maqsadga muvofiq bo‟ladi: 

1) ish o‘rinlarini almashtirish grafigiga muvofiq zvenolarni ish o‘rinlari bo‘yicha taqsimlash; 

2) navbatdagi tajriba ishlari  topshiriqlarini tarqatish; 

3) mazkur mashg`ulotdagi tajriba ishini bajarishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish; 

4) oldingi mashg`ulotlarni bajarishda uchragan xato – kamchiliklarning  vujudga  kelish sabablari va 

ularni bartaraf etish choralari to‘g`risida tushuncha berish; 

5)  talabalarning  yo‘riqlarnoma  va  topshiriqlar  yuzasidan  bergan  savollariga  ularni  qoniqtiradigan 

darajada javob berish . 

 

Yuqorida  aytilganlardan  kelib  chiqadiki,  o‘qituvchi  nafaqat  tajriba  ishlarini  tashkil  etishda, 



balki  talabalarning  ishlari  ustidan  uslubiy  rahbarlikni  amalga  oshirishda  Ham  mas‘uldir.  Uslubiy 

rahbarlik  shunday  amalga  oshirilsinkim,  bunda  bir  tomondan,  tashabbus  va  mustaqillikning 

rivojlanishi ta‘minlansin, talabalarning ishni bajarishga nisbatan, asbob-uskunalardan foydalanishda 

xavfsizlik texnikasi koidalariga rioya qilishga nisbatan mas‘uliyatni his etishlariga imkon yaratilsin, 

ikkinchi  tomondan  esa,  ularning    faoliyati  doimo  e‘tiborda  bo‘lsin,  zarur  hollarda  ularga 

xushmuomalalik bilan yordam berish talab etiladi. 

 

Тajriba mashg`ulotlari uchun asbob-uskuna va ko‟rgazmali qurollarni tayyorlash jarayoni 

quyidagilardan iborat: 

1) kalendar ish rejasiga muvofiq asbob-uskunalarning zarur miqdorini  

     aniqlash;  

2)  ko‘rgazmali qurollar va o‘quv adabiyotlarini tanlash va tayyorlab qo‘yish; 

3)  asbob-uskunalarning texnik holatini tekshirish, nosozliklarni bartaraf  

      etish, ularni ish vaqtida tekshirish, tajriba ishidagi miqdor va sifat  

      ko‘rsatkichlarini olishni texnik jihatdan soz asbob-uskunalarda bajarish; 

4) belgilangan tajriba mashg`ulotini bajarishdagi xavfsizlik texnikasi va  

    yong`inga qarshi tadbirlarning holatini tekshirish va ularning  

     bajarilishini ta‘minlash. 

Тajriba  mashg`uloti  o‘tkaziladigan  xonaning  ko‘rinarli  joylarida  xavfsizlik  texnikasi 

qoidalariga va yong`inga qarshi chora - tadbirlarga  oid plakatlar osilgan bo‘lishi kerak. 

Тalabalarning  o‘zlashtirishini  hisobga  olish  va  uni  xolisona  baholash  o‘quv  ishlari  sifatini 

oshirishning muhim vositasidir.  




O‟zlashtirishni hisobga olish quyidagicha amalga oshiriladi: 

• o‘qituvchi yakka tartibda yoki guruh bilan birga har bir talabaning haqiqiy     

  bilimini imkon darajasida to‘liq aniqlaydi; 

• o‘qituvchi talabalarning ayrim tipik xatolaridan o‘z vaqtida xabardor  

  bo‘lishi uchun ularning o‘zlashtirish darajasini o‘z vaqtida va muntazam  

  tekshirishdan o‘tkazib turadi ; 

• o‘qituvchi talabalarning o‘zlashtirishini baholashning xolisona mezonlariga  

   asoslanib, tabaqalashtirilgan reyting tizimi asosida  bajaradi; 

Тalaba bilimini o‘z vaqtida va pedagogik jihatdan to‘g`ri baholash  

 ta‘limda  har  tomonlama  rag`batlantiruvchi  tarbiyaviy  rol  uynaydi.  O‘qituvchi  talabalar  bilimini 

baholashda  prinsipial bo‘lishi kerak, zero talaba bilimiga berilgan baho unga  qoniqish va quvonch 

yoki xafagarchilik va umidsizlik his - tuyg`ularini bag`ishlaydi. Bahoni nohaq pasaytirish talabaning 

ruhini tushirib, uning o‘qishga nisbatan befarq munosabatda bo‘lishiga  sabab bo‘ladi, uning o‘qish 

jarayonidagi  tirishqoqlik  va  faolligini  so‘ndiradi,  va  aksincha,  asossiz  oshirib  qo‘yilgan  baho 

talabada kekkayish hissini paydo qilib, u o‘ziga nisbatan talabchanlikni pasaytiradi. 

Bahoning  rag`batlantiruvchi  va  ta‘lim-tarbiyaviy  ahamiyatini  oshirish  uchun  o‘qituvchi  o‘z 

qo‘ygan  bahosini  asoslab  berishi  muhimdir.  O‘qituvchi  talabaga  uning  yutuq  va  kamchiliklarini, 

yo‘l  qo‘ygan  xatolari  va  ularning  kelib  chiqish  sabablarini  ko‘rsatishi,  o‘zlashtirishning  yuqori 

ko‘rsatkichlariga erishish yo‘llari to‘g`risida maslaHatlar berishi foydadan xoli bo‘lmaydi . 


Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish