og`ir –III
18-21
60-40
0.5
Issiq
mavsum
yengil –I
20-30
60-30
0.3
o‘rtacha og`irlikdagi-II
a
20-30
60-30
0.4-0.5
II
b
20-30
60-30
0.5-0.7
og`ir –III
20-30
60-30
0.5-1.0
2 jadval
Yil fasllarida ishlab chiqarish binolarining harorati, nisbiy namligi va havo harorati
tezligining yo‟l qo‟yiladigan me‟yorlari
Ish toifalari
Havo harorati,°S Nisbiy namligi,%
Harakat tezligi,
m/s
Тashqaridagi
havo harorati,°S
Yengil - 1
19-25
75
0.2
15-30
O‘rtacha og`irlikdagi-
II
a
17-25
75
0.2
15-30
O‘rtacha og`irlikdagi-
II
b
13-25
75
0.4
15-30
Og`ir - III
13-25
75
0.5
15-30
Mikroiqlimni o‟lchash uchun qo‟llaniladigan asbob va uskunalar
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o‘rinlarining meteorologik sharoitlari tegishlicha o‘lchash
asboblari yordamida o‘lchanadi va nazorat qilinadi.
1. Havo harorati va namligini o‘lchash uchun Assmanning aspiratsion psixrometridan (MV-
4M) yoki (M-34) dan foydalaniladi.
Aspiratsion psixrometr ikkita bir xil simobli termometrlardan tashkil topgan bo‘lib, mahsus
moslamaga joylashtirilgan. Simobli termometrlardan bittasi maxsus mato -batist bilan qoplangan
bo‘lib, u tomizgich (pipetka) yordamida distillangan suv bilan ho‘llab turiladi. Ikkinchi simobli
termometr esa havo haroratini ko‘rsatadi. Ho‘llangan termometr ko‘rsatkichlari havo namligiga
bog`liq. Namlik harorati qanchalik past bo‘lsa, uning ko‘rsatadigan harorati shunchalik kam bo‘ladi,
chunki havoda namlik kamaygan sari ho‘llangan matodan suvning bug`lanishi ko‘payadi va simobli
termometrning yuzasi ko‘proq soviydi. Ishlab chiqarish binolaridagi ish o‘rinlarida atmosfera
havosining namligini o‘lchashdan oldin mahsus rezinadan tayyorlangan balon distillangan suv bilan
to‘ldiriladi va undan tomizgich (pipetka) ga suv olinib, matoli termometrning batist materiali
ho‘llanadi. Bu ishni bajarish paytida psixrometr tik holatda maxsus moslama bilan biriktiriladi va
o‘lchash nuqtasiga o‘rnatiladi. So‘ngra psixrometrning yuqori qismiga joylashgan shamollatgichni
maxsus vintini oxirigacha burab, shamollatgich ishga tushiriladi (M-34 psixrometrlarda
shamollatgich maxsus elektroyuritgich yordamida ishga tushiriladi).
Shamollatgich ishga tushirilgandan keyin oradan 4 minut o‘tgandan so‘ng termometr
ko‘rsatkichlari ma‘lum bir haroratni ko‘rsatadi va bu ko‘rsatgichlar yozib olinib, maxsus formula
yordamida aniqlanadi:
%
100
)
(
0
P
t
H
А
P
bu yerda:
φ
-
atmosfera havosi nisbiy namlik miqdori;
Р
м
- ho‘llangan termometrdagi suv bug`larining to‘yingani;
Р – quruq termometrdagi suv bug`larining to‘yingani;
A
-
psixrometrik ko‘rsatkich
A=6•
620 •10
-4
°S
Н -
atmosfera bosimi, Pa;
Δt -atmosfera havosi harorati bilan ho‘llangan termometr harorati orasidagi
farq.
Nisbiy namlikni, namlik nomogrammasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun nisbiy
namlik miqdori maxsus psixrometrik grafik yordamida quruk va ho‘l termometrlar ko‘rsatkichlari
ayirmasi, ya‘ni vertikal chiziq bo‘yicha quruq termometrning ko‘rsatkichi, yoyiq chiziq bo‘ylab esa
ho‘llangan termometrning ko‘rsatkichlari qo‘yilib, ularning kesishgan chizig`ida aniqlanadi.
Masalan: quruq termometrning ko‘rsatgan harorati 21,5°C, ho‘llangan termometrning
ko‘rsatgan harorati 14,5 °S. Psixrometrik grafik yordamida vertikal va yoyiq chiziqlarning kesishgan
nuqtalarini topamiz.Bu chiziqlar kesishgan nuqta 42 dan yuqori, 44 dan pastda, demak nisbiy namlik
43 % ni tashkil etar ekan.
Ishlab chiqarish korxonalarida ish o‘rinlaridagi havo almashish teshiklari, dereza oldidagi
havo harakati tezliklarini o‘lchash uchun ASO-3 markali parrakli yoki kosachali animometrdan
foydalaniladi. Parrakli animometr ASO-3 havo harakat tezligini 1 dan 10 m/sek gacha bo‘lgan
qiymatini o‘lchash imkonini beradi. Parrakli animometrning ishlashi quyidagicha: mahsus
moslamaga mahkam o‘rnatilgan parraklar ish o‘rnidagi havo harakati hisobidan aylanadi. Bino
ichidagi havo harakati tezligi qancha katta bo‘lsa, parraklar shunchalik tez aylanadi. Parrakni o‘qi
tishsimon g`ildiraklar shaxobchasi orqali katta siferlat mil (strelkachaga) ga ulangan. Markaziy
strelka birlik va o‘nliklarni, mayda siferblash mili bo‘linmasining yuzdan va mingdan bir ulashlarini
ko‘rsatadi. Yon tomonda joylashgan richag yordamida o‘qni tishsimon g`ildiraklar shaxobchasidan
uzish va ulash mumkin. O‘lchash oldidan siferblat ko‘rsatgichlari o‘qdan uzib qo‘yiladi va siferblat
ko‘rsatgichlari yozib olinadi. Animometrni ishga tushirish uchun parrak o‘qqa o‘rnatiladi va o‘q
unga mahkamlangach parrak yordamida aylana boshlaydi. Sekundomer yordamida vaqt belgilab
olinadi va animometr ishga tushiriladi. Oradan bir daqiqa vaqt o‘tgandan keyin, o‘q uzilib qo‘yilib
ko‘satgichlari yozib olinadi. Ikkinchi yozib olingan ko‘rsatgichlardan birinchisini ayirib, o‘tgan
raqamlar soni topiladi. So‘ngra asbobga qo‘shib berilgan maxsus jadval yordamida havo
harakatining bir sekunddagi tezligi metrlarda topiladi.
Тermoanimometr EA-2M ishlab chiqarish korxonalaridagi ish o‘rinlarida kichiq tezliklarini
va havo haroratini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Тermoamimometr yarim o‘tkazgichlardan tashkil
topgan bo‘lib, batareyalar yordamida ishlaydi. Uning o‘lchash tamoyili (prinsipi) asbob ko‘rsatkichi
qarshiligini o‘zgarishiga asoslangan bo‘lib, bu o‘zgarish bino ichidagi havo harorati va tezligi
o‘zgarganda sodir bo‘ladi.
Issiqlik nurlanishining intensivligi aktinometr yordamida o‘lchanadi. Aktinometrga
o‘rnatilgan qurilmalardan birtasi konstantadan yasalib, qiyin eriydigan, qattiq cho‘ziluvchan metall
qoraytirilgan platina bilan qoplangan va kengayish koeffitsiyenti kichiq bo‘lgan invar taglikka
mahkamlangan bir yuz ellik plastinkadan iborat. Issiqlik nurlanishi ta‘sirida plastinka egiladi va u
bilan bog`langan mil (strelka) ma‘lum burchakka og`adi. Shkala esa kj/ms hisobida darajalangan.
Gigrometr M-19 atmosfera havosi nisbiy namligini to‘g`ridan-to‘g`ri aniqlash uchun xizmat
qiladi. Uning ishlash tamoyili (prinsipi) yog`sizlantirilgan odam sochining havo namligi oshganda
uzayishi va havo namligi kamayganda sochning qisqarishiga asoslangan. Soch maxsus omil bilan
shkalaga ulangan, shkala esa foizlarga bo‘lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: