4
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
SHu jumladan ushbu ustuvor yo‘nalishlarda Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish
bo‘yicha xam katta vazifalar qo‘yildi:
To‘qimachilik va engil sanoatda xom-ashyo sifatida ishlatiladigan paxta tolasi,
kanop, ipak, jun va xar xil sun’iy tolalarga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda.
To‘qimachilik sanoatida qo‘llaniladigan tolali xom-ashyo asosan ikki turga
bo‘linadi: tabiiy va kimyoviy.
Tabiiy tolalarga- tabiatdan xosil etilgan, o‘simlik, mineral tolalar va jonivorlardan
olingan jun tolalari kiradi. Ya’ni, paxta, kanoppoyadan, lendan va boshqa
o‘simliklardan olinadigan tolalar, jun tolasi jonivorlardan olinadi. Mineral tolalarga esa
asbest kiradi.
Kimyoviy tolalarga-yuqori molekulyar birikma ta’sirida kimyoviy yo‘l bilan
olinadigan tolalar kiradi.
Mustaqil Respublikamizda to‘qimachilik sanoatini keng rivojlanishi yo‘lida,
dunyo andozalariga mos keladigan yangi texnika va texnologiyalar bilan qayta
jihozlanmoqdalar.
Ushbu sanoat o‘z ichiga salkam 15 ga yakin tarmoqlarni qamrab olgan. Ishlov
berilayotgan xom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga qarab, quyidagi
tarmoqlarga bo‘linadi:
-paxta tolasiga ishlav beruvchi, kanopni qayta ishlovchi, junga ishlov beruvchi,
ipakni qayta ishlovchi va boshqalar.
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash natijasida olinadigan mahsulotlarga:
5
1. (Paxta-to’qimachilik) klasterlariga qarashlik, paxta tozalash korxonasida pax-
tadan olinadigan mahsulotlarga: tola, chigit, momiq va tolali chiqindilar kiradi.
2. Kanopni qayta ishlash korxonasida kanopdan olinadigan mahsulotlarga: uzun
tola, kalta tola, kanop samoni va chiqindilar, yog‘och qismi kiradi.
Tabiiy tolalardan biri bo‘lgan kanop tolasi oq rangli, yumshoq, juda toza va
pishiq bo‘ladi. Qop-qanorbop materiallar to‘qishda, arqon va kanop iplar tayyorlashda,
texnikaviy materiallar (brezent va boshqalar), mebelbop materiallar va gilamlar
to‘qishda kanop tolasidan keng foydalaniladi. Undan tashqari, chiqindi yog‘ochlikdan
plitalar tayyorlanib, qurilish va mebel sanoatiga berilmoqda.
Kanop tolasining ajoyib xossasi-gigroskopiklik xossasi bor: u havodagi nimning
ma’lum qismini o‘ziga olib,ortiqcha namlikni o‘zi orqali o‘tkazmay ushlab qoladi. Bun-
dan tashqari, kanop tolasida mayda tukchalar bo‘lmaydi. SHuning uchun bunday
toladan ishlangan qoplarga solingan qand, un va sement kabi mahsulotlar namgarchilik-
da xam qurug‘ turaveradi hamda ifloslanmaydi.
Kanop ishlash texnologiyasini takomillashtirish, eng yangi texnika va texnologi-
yani joriy qilish, sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish so-
hasida ham katta ishlar qilinmoqda.
Kanoppoyani ajratib olinadigan tola miqdorini oshirish va sifatini yanada yaxshi-
lash, mashinalarning ish unumini oshirish va ularni takomillashtirish kabi ishlarni
muvafaqiyatli bajarish uchun kanop korxonalarida ko‘pgina tadbirlarni amalga oshirish
kerak bo‘ladi. Bu tadbirlar ichida eng muhim kanop korxonalari uchun malakali ba-
kalavr, magistrlar tayyorlash hamda kanop korxonai mutaxassislarini nazariy va texni-
kaviy saviyasini doimiy oshirib borishdir.