Tolali o‘simliklar markaziy ilmiy-tekshirish instituti (SNIILV) 1961 yili 5 ta
Unda quyidagi navlar tekshirildi: Kubanskiy 333; 388676: CHuyskiy 21; 218;
Kavkazskiy 881; 1395; O‘zbekiston 13 (1334) va O‘zbekiston 1407. bu navlarni har
tomonlama tekshirish shuni ko‘rsatadiki, Kubanskiy 333 (K-333) va 3876 navlari
boshqa navlarga qaraganda ancha afzal ekan.SHuning uchun O‘zbekistonda so‘ngra
Kubanskiy 333 (K-333) navli kanopni shimoliy Kavkaz tolali ekinlar tajriba
o‘sadi.Ko‘kpoya uchun ekilgan kanoppoyaning balandligi 250 dan 350 sm gacha
urug‘lik uchun ekilgan poyalarniki esa 400 sm gacha yo‘g‘onligi 10-15 mm ga
etadi.Urug‘ ekilgandan to texnikaviy jihatdan pishib olgungacha o‘tgan vegetativ davr
135-140 kun,biologik rivojlanish davri 145-155 kun.Kanoppoya yashil va ba’zan
qo‘nQir tusli bo‘ladi. CHanoqlar usti o‘tkir tikanlar bilan qoplangan.CHanoqda o‘rtacha
26
15-18 dona urug‘ bo‘ladi.Urug‘ birinchi chanoqda 3-5 ta,eng yuqorisida esa 27 tagacha
etadi.
Kanop urug‘ qoramtir - kul rang bo‘lib,uzunligi 4-5 mm,eni 2,5-3 mm,qalinligi
1,5-2 mm dir. 1000 dona urug‘ining massasi 24-50 g ga etadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining navlarini tekshirish Davlat komissiyasining
ma’lumotiga ko‘ra,K-333 navi poyasining hosili 3876 navining hosiliga qaraganda 4-
6% ko‘p bo‘ladi.Lekin urug‘ hosili jihatidan 3876 navi anchagina yaxshi.3876 navi Bu-
tunittifoq o‘simlikshunoslik institutining O‘rta Osiyo tajriba stansiyasida etishtiril-
gan.O‘sish sharoitiga qarab,poyaning uzunligi 250-300 sm gacha etadi.O‘sish davri
texnikaviy
jihatdan
etilguncha
134-138
kun,biologik
etilguncha
140-150
kun.Poyasining rangi yashil va och qo‘nQir.CHanoqlari mayda,etilganda chanoqlari yo-
rilmaydi.1000 dona urug‘ning massasi 20-24 g.Bu navli kanop ko‘k poya uchun ham
ekiladi.
So‘ngi yillarda yuqoridagi sortlarga qaraganda birmuncha yaxshi ko‘rsatkichlarga
ega bo‘lgan yangi seleksiya sorti:O‘zbekiston 1574 va O‘zbekiston 1503 yaratildi.
Hozirda deyarli hamma kanop ekuvchi hujayralar shu sortlarni ekib,yuqori hosil
olmoqdalar.
O‘zbekiston 1574 sorti poyasining ko‘ndalang kesimi yumaloq shakli, rangi to‘q-
yashil, bargi oddiy, yashil; gulbarg tojisi och binafsha rangga bo‘yalgan.Urug‘i uch qir-
rali, rangi to‘q-kulrang. 1000 dona urug‘ning massasi 22 dan 24 gacha
o‘zgaradi.Ko‘kpoya uchun ekilgan urug‘ ekishdan to yoppasiga gullashgacha bo‘lgan
vaqt 114 kun,texnikaviy pishishgacha-136 kun.Urug‘lik uchun ekilgan kanop yagona
qilinganda biologik pishishi 136 kunda boshlanadi.Poyada tola miqdori 24%,
po‘stloqida esa 53,7%,pishiqligi 31,2 kgk.Poyaning uzunligi 4 m gacha etadi.Xar gektar
erdan 202 s poya,undan esa 26 s tola olinadi.
O‘zbekiston 1503 ning bargi oddiy; poyasi och yashil rangli, yashil agrotexni-
kaviy ishlov berib o‘stirilganda uzunligi 5 m ga etadi;guli och sariq rangli,tumshuQi
27
jigarrang -qizil;urug‘i uch qirrali,rangi to‘q kulrang;1000 dona urug‘ning massasi 20
dona 24 g gacha boradi.Poyadagi tola miqdori-24,3%,po‘stloq esa 55,8%;tolaning
pishiqligi-31.5 kgk.O‘zbekiston 1574 ga qaraganda gektaridan po‘stloq bo‘yicha 2,6 va
tola bo‘yicha 2 s ko‘proq hosil olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: