Turizmga oid rasmiyatchUiklar - sayohatni tashkillashtirish,
rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonida qonunchilik va
mamlakatda o ‘rnatilgan tartib bo‘yicha rioya qilish majburiy
boHgan qoidalar, shartlar va harakatlardan iborat bo‘ladL
Turizm
rasmiyatchiliklarimng muhimligini tasdiqlash va ulami tartibga
solish hamda osonlashtirish uchun bir qator eng muhim xalqaro
hujjatlardan ko‘chirmalar keltiramiz:
360
• Yevropadagi hamkorlik va xavfsizlik bo‘yicha kengashning
yakunlovchi dalolatnomasi (Xelsinki, 1975 y.): «Kengashning
ishtirokchi davlatlari xorijiy davlatlarga sayohat uchun talab
etiladigan rasmiyatchiliklar bilan bog‘liq masalalarni ijobiy ruhda
qarab chiqish orqali turizm rivojini rag‘batlantirish maqsadida
ekanliklarini bildiradilar»;
• Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi (Manila,
1980 y.): «Butun jahon turistik tashkiloti o‘zining rivojlanish das-
turiga jahonda turizm rasrniyatchiliklari ahvolini o‘rganish, mazkur
sohadagi joriy amaliyot va mavjud me’yorlarni tadqiq etish,
sayohatlami yo‘lga qo‘yish va osonlashtirish uchun umumiy
tavsiyanomalar ishlab chiqish masalalarini kiritgan»;
• Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi (Niderlandiya,
1989 y.): «Sayohatlar tez o‘sishi bilan bir vaqtda turizm rasmiyat-
chiliklarining tushunchasi aniqlanmoqda va kengaymoqda. Ulardan
biri bevosita turistlarga, boshqalari esa turizm biznesiga oid. Turizm
rasmiyatchiliklarining osonlashuvi o‘zining dastlabki tor chegaraviy
rasmiyatchilik va bojxona tekshiruvlari ramkasidan chetga chiqa
oldi. Bugungi kunda gap turizmni rag‘batlantirish va ijobiy qo‘llab~
quwatlash haqida borishi lozim, xususan, har bir shaxsga ichki va
xalqaro turizmda ishtirok etishga sharoit yaratish, yoshlar, keksalar
va nogironlar orasida turizmga alohida e’tibor ajratishga harakat
qilish shart»;
• Barqaror rivojlanish bo'yicha BMT komissiyasi o‘zining
1999-yil apreldagi Nyu-York sessiyasida Butunjahon turizm
tashkiloti (BTT) tashabbusiga ko‘ra, global turizm etika kodeksini
ma’qulladi va BTTga xususiy sektorlar, nohukumat va mehnat
tashkilotlaridan tushgan takliflar bilan to‘ldirishni taklif etishdi.
BTT mutaxassislarming xulosasiga ko‘ra, turizm Global etika
kodeksi joriy hujjat bo‘lib, jumladan, turizm rasmiyatchiliklarini
tartibga solishda ham dasturilamal bo‘lmog‘i lozim. Xususan, uning
8-moddasida «Turizm sayohatlari erkinligi»da davlatlar tomonidan
kiritilgan yoki xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan, masalan,
vizalar, sanitar va bojxona rasmiyatchiligini imkon qadar shunday
moslashtirish lozimki, erkin turizm va xalqaro turizmga y o i ochish
zarur bo‘ladi. Ushbu rasmiyatchiliklarni osonlashtirishga qaratilgan
mamlakatlararo bitimlami rag‘batlantirish lozim; turizm sanoatiga
361
og‘ir tushadigan va uning raqobatbardoshligiga zarar yetkazadigan
maxsus soliq va to‘Iovlami bekor qilish yoki qayta ko‘rib chiqish
kabi choralar ko‘rsatiigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |