har bir davlat hududlarida erkin harakat qilishida quyidagi talablar
bajarilishi dunyodagi barcha davlatlarga tavsiya qilingan:
• turistlarga imkoniyatlarning yaratilishi, o‘z davlatida va
chet ellik turistlar uchun sayohatlar davrida BMT, BTT, Xalqaro
fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro
bojxona harnkorligi Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlaming
turizm to‘g‘risidagi, xalqaro turizm to‘g‘risidagi «Holatlar»,
«Dasturlar», «Huquq-me’yorlar» bilan tanishish, ulami o‘rganish,
foydalanish sharoitlarini yaratishlari;
• turistlaming bilimi va madaniyati o‘sishiga hamkorlik
qilishi va yetib kelgan davlatlaming mahalliy aholisi bilan boigan
muloqotlarda, aloqalarda o‘zaro tushunish, o^zaro do‘stona
muhitlarining
yaratilishi;
• turistlaming hayoti xavfsizligini ta’minlash va buyumla-
rining saqlanish chora-tadbirlarini xalqaro qonunlarga mos holda
ishlab
chiqishi;
• gigiyena va sogMiqni saqlash xizmatlariga murojaat qilish,
yordam olishning barcha shart-sharoitlarini yaratishi, yuqumli
kasalliklar va baxtsiz hodisalardan
saq lan ish
haqida ogohlantirish;
• turizmda buzg‘unchilik
m a q sa d la rid a g i
qilingan har qanday
xatti-harakatlaming oldini olish;
• turistlar va mahalliy aholini giyohvandlik moddalaridan
noqonuniy foydalanish manbalaridan himoya qilish tizimlarini
ishlab chiqish.
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 10 ta tamoyilni qabul
qildi va uni barcha mamlakatlarga
tarq a td i.
Deklaratsiya jahonda
turizmning rivojlanishida turizm xavfsizligi xalqaro miqyosda va
milliy davlatlar miqyosida ta’minlanishi shartligini ta’kidladi. Bun-
ga erishish uchun quyidagilami amalga oshirish tavsiya qilindi:
• turistlaming hayoti xavfsizligini ta’minlash me’yorlarini
ishlab chiqish va turizmda joriy qilish;
• jamoatchilikka aniq axborotlarni yetkazish
va tarqatish;
• turistlaming xavfsizligini o‘rganuvchi va ta’minlovchi,
ayniqsa, ekstremal vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashni tadqiq
qiluvchi institutsional markazlar tashkil qilish;
356
• turistlarning xavfsizligini ta’minlashda xalqaro, qit’alararo
hamkorlikni tashkil qilish va
harakatlantirish;
• turistlami hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va xavf
sizligini himoya qilish turizm rivojlanishining ajralmas qismidir.
• turistlami himoya qilish, hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi
huquqiy me’yorlami ishlab chiqish, xavfga qarshi chora-tadbirlar
tizimini yaratishda har bir davlatlarning BTT bilan o‘zaro hamkorlik
qilishini ta’minlash.
Gaaga deklaratsiyasida qabul qilingan yana bir muhim hujjat
shundan iborat bo‘ldiki, terrorizm turizm va turistik harakat-
lanishning rivojiga real xavf, deb tan olindi. Jahondagi davlatlarning
terroristiarga har xil siyosiy sabablami ro‘kach qilib, boshpana
berish hollari jahon miqyosida qoralanishi e’tirof etildi.
Xalqaro turizm xavfsizligi va turistlarning hayoti xavfsizligini
ta’minlashda BTT ning 2001-yiI 30-sentabr - 1-oktabrda Yaponi-
yada (Osaka deklaratsiyasi) o‘tkazilgan konferensiyasi, MDH
davlatlarining «Turizm sohasida hamkorlik» - Ashxobod 23-dekabr
1993-yil, 29-oktabr 1994-yil, 4-noyabr 1994-yil Osaka deklara
tsiyasi, «Turistik faoliyatni tashkil qilish Yevropa Kengashi», 2-no-
yabr 1981-yil Nepaldagi «Xalqaro mehmonxona qoidalari assotsia-
tsiyasi» muhim qarorlar qabul qildi, tavsiyalar ishlab chiqib, dunyo
mamlakatlariga tarqatdi.
Turizm mamlakatlarining 21% ida maxsus turizm politsiyasi
tashkil qilingan bo‘lib, bu politsiya faqat turizm faoliyati bilan
shug‘ullanadi. Turizm politsiyasi zimmasiga turistlami, turizm
resurslarini va atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikka
qarshi
kurashish, mahalliy etnik guruhlami himoya qilish vazifalari ham
yuklatilgan.
Xalqaro turizm amaliyotidan ma’lum bo‘ladiki, ko‘pgina
davlatlarning turizm boshqaruvi turistlarning dunyo davlatlariga,
mintaqalariga borishi yoki bormasliklari, xavfsizlikning holati,
darajalari, ushbu davlatlarda turizm siyosati va himoya haqida aniq
tavsiyalar ishlab chiqadi va o‘z ommaviy axborot vositalarida
muntazam ravishda tavsiyalar berib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: