Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

mevalar, qo'ziqorinlami
 
izlash
Sayr
2
O'quv
0 ‘quv fanini o‘quvchilar
 
tomonidan o‘rganishi
 
(botanika, geografiya,
 
tarix)
Sinfdan tashqari dars
3
Ilmiy
0 ‘lkashunoslik muzeyi
 
uchun namunalar izlash
Ekspeditsiya
4
Umumta’limiy
Umumiy, madaniy
 
dunyoqarashni
 
kengaytirish
Turistik poxodJarda
 
suhbat, transportli
 
sayohatda yo‘l-yo‘lakay
 
ekskursiya axborotini
 
berish
5
Madaniy-
ta’Iimiy
Tarix, me’morchilik,
 
adabiyot va boshqa
 
sohalardan bilimiarni
 
oshirish
Ko‘rgazmali, ko‘p rejali
 
ekskursiya
6
Madaniy-
tarbiyaviy
Tarbiya bilan
 
uyg‘unlikda bilimiarni
 
olish
Mavzuli ekskursiya
 
xizmati
Ekskursiya xizmatining boshqa madaniy - ma’rifiy ishlar shak-
 
li  kabi  tashkiliy  va  uslubiy jihatdan  o ‘ziga  xosligi  mavjud.  Ushbu
 
xususiyatlar  ekskursiya  xizmatini  boshqa  madaniy  -  ma’rifiy  ishlar
 
bilan o ‘xshashiigi yoki muayyan farqini ko‘rsatadi.
58 Емелянов Б.В. «Екскурсоведение».  -М .,2006.
183


Ekskursiya  xizmatining  umumiy 
xususiyatlariga
 quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin39:
•  davomiyligi  (bir  akademik  soatdan  (45  daqiqa)  bir  sutka- 
gacha);
•  ekskursantlaming mavjudligi (guruh yoki yakka);
•   ekskursiya rahbari -  gidning mavjudligi;
•  ko‘rgazmaliligi,  tomoshabin  qabul  qilishi,  ekskursiya  ob- 
yektlarining mavjudligi;
•  guruh  harakatlanadigan  oldindan tuzilgan ekskursiya marsh- 
rutining mavjudligi;
•  obyektlar namoyishining maqsadliligi, aniq mavzuning mav­
judligi;
•  guruhning  faolligi  (kuzatuv,  o‘rganish,  obyektlami  tadqiq 
qilish).
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  xususiyatlaming  birortasi  boMmasa, 
jarayon  ekskursiya  hisoblanmaydi.  Ekskursiya  xizmati  xususiyat- 
larining  mazmuni  uning  mohiyatini  to‘g‘ri  talqin  etish  imkonini 
beradi.  Ko‘rsatiladigan  obyektlaming  kengligi,  ko‘p  rejali  mavzu, 
ekskursiya  xizmati  uslubining  puxtaligi,  gidning  mahorati  ekskur- 
siyada  shaxsning  shakllanishiga  yordam  beruvchi  aniq  funksiyani 
bajarishi imkonini beradi.
Har bir madaniy  - ma’rifiy  ishlar shakli  o‘zining farq qiluvchi 
xususiyatlariga  ega.  Ekskursiya  xizmatining  asosiy  xususiyati  -  
yuqori darajadagi ko‘rgazmaliligidir. Ta’kidlash joizki, yuqorida sa­
nab o‘tilgan xususiyatlar har bir ekskursiya xizmati uchun zarurdir.
Ekskursiya  xizmatlari  ham  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib 
chiqqan holda tasniflanadi. Ekskursiya xizmatini tasniflash masalasi 
har  doim  soha  mutaxassislarinmg  diqqat  markazida  bo‘lib.  bu 
muammoni  yechishda  o‘tgan  asming  20-yillarining  oxirida  harakat 
qilishdi.  Ekskursiyachi  olim  V.A.  Gerd  ekskursiya  xizmati  shakl- 
larini  tasniflashning  o‘z  variantida  ekskursiyani  guruhlar  va 
guruhostilarga boiishni va uni tayyorlashda gidga yo‘nalish olishga 
yordam  beruvchi  xususiyatlarini  ajratishni  tasniflashning  asosiy 
maqsadi sifatida ta’kidlab o‘tgan.
39  Тухлиев  R C .,  Амриддинова  P.C.  “Организация  экскурсионного  обслуживания".  Учебное
пособие. -С., 2011.
184


Ekskursiya xizmati -  ham mustaqil  faoliyat (dam olish  uylari- 
da,  klublarda,  maktablarda),  ham  turistik  xizmat majmuasining bir 
qismi bo‘lishi mumkin (turfirmalarda).
Hozirda ekskursiya xizmati quyidagicha tasniflanadi40:
•  mazmuniga ko‘ra;
•  qatnashuvchilar soni va tarkibiga ko‘ra;
•   o‘tkazish joyiga ko‘ra;
•  harakatlanish vositasiga ko‘ra;
•  davomiyligigako‘ra;
•  o‘tkazish shakiiga ko‘ra.
Mazmuniga ko‘ra
 ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. 
Ko‘p  rejali  ekskursiyalarda  tarixiy  va  zamonaviy  ma’lumotlardan 
foydalaniladi.  Bunday  ekskursiyalar  turli  xil  obyektlami  ko‘rsatish 
negizida  tuziladi  (tarixiy  va  madaniy  yodgorliklar,  bino  va 
inshootlar,  tabiat  obyektlari,  mashhur  voqea joylari,  shaharsozlik, 
sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu k.).
Ko‘p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va shahar, 
o‘lka,  viloyat,  respublika,  davlat haqida  umumiy  tasawumi  beradi. 
Bunday  ekskursiyada  xronologik  tartibda  shahaming  ilk  paydo 
boiishi  tarixidan  boshlab  to  kelajakdagi  rivojlanishi  haqida 
ma’lumotlar beriladi.
Ko‘p rejali  ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, 
mavzuli  ekskursiyadan  farqli  ravishda  uning  mavzusini  belgilash 
murakkabroq.  Tayyorlash  va  o‘tkazish  joyidan  qat’i  nazar,  ular 
tarkibiy jihatdan  bir-biriga  deyarli  o‘xshashdir.  Ularning har birida 
bir  necha  mavzuostilar  mavjud  (shahar tarixi,  ishlab  chiqarishning 
qisqacha  tarixi,  fan,  madaniyat,  xalq  ta’limi  haqida).  Ekskursiyada 
aniq bir shahar, viloyat, o‘lka o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qarab 
hikoya  qilinadi.  Masalan, harbiy-tarixiy  mavzudagi  ekskursiyalarda 
urushlar,  qo‘zg‘olonlar  bo‘lib  o‘tgan  Buxoro  xonligidagi  o‘zaro 
nizolar kabi  shaharlar kiritiladi.  Adabiy mavzudagi  ekskursiyalarda 
esa  yozuvchi,  shoirlar  hayoti  va  faoliyati  bilan  bog'liq  shahar, 
qishloq, ko‘chalar kiritiladi.
40  Тухлиев  И.С.,  Амриддииова  P.C.  “Организация  экскурсионного  обслуживания”.  Учебное
пособие. -С., 2011.


Mavzuli
  ekskursiyalar  bitta  mavzuning  yoritilishiga  bag‘ish- 
lanadi.  Agar  bu  tarixiy  ekskursiya  bo‘lsa,  uning  negizida  yagona 
mavzuda  birlashtirilgan bir yoki  bir necha voqealar yotadi. Agar bu 
me’morchilik  mavzusidagi  ekskursiya  bo‘lsa,  unda  shahar,  ko‘cha 
va  maydonfarida joylashgan  qiziqarli  san’at  asarlari,  o ‘tgan  asrlar 
me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin.
Mavzuli  ekskursiyalar  tarixiy,  ishlab  chiqarish,  tabiiy  (eko­
logik),  san’atshunoslik,  adabiy,  me’moriy -   shaharsozlik  ekskursi- 
yatariga bo‘linadi.
0 ‘z mazmuniga ko‘ra, 
tarixiy
 mavzudagi ekskursiya xizmatlari 
quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
-  

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish