Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya


mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlaming



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlaming
 
tashrifi  (2016-yil)
Asosiy
turistik
yo‘nalishlar
Kiruvchi
 
turistlar soni
 
(ming kishi)
Uiushi
(%)
Kiruvchi
 
turistiardan
 
olingan
 
daromad (mln.
 
dollar)
Uiushi
(% )
Yaqin Sharq
53, 567
100,0
57, 595
100,0
Baxreyn
-
-
-
-
Misr
5,258
9,8
2,645
4 ,6
Iordaniya
3, 858
7,2
4,044
7 ,0
Livan
1,688
3,2
6,824
11,8
Oman
-
-
-
-
Saudiya
Arabistoni
18,049
33,7
11,096
19,3
Suriya Arab 
Respublikasi
-


-
Qatar
2,906
5,4
5,411
9 ,4
BAA
14, 910
27,8
19,496
33,9
Manba: 
Butunjahon  turizm  tashkiloti  (UNWTO).  “Turizmda 
muhim voqealar”, 2017.
Turizmdan  keladigan  daromad  ham  mintaqa  bo‘yicha  2016- 
yilda  57,6  mlrd.  doll  atrofida  baholanadi.  Turizmdan  eng  ko‘p 
daromad olgan mamlakatlar qatoriga BAA (19 mlrd. doll.), Saudiya 
Arabistoni  (11  mlrd.  doll.),  Livan  (6,8  mlrd.  doll.),  Iordaniya 
(4 mlrd. doll.) davlatlari kiradi. Yaqin Sharq mamlakatlari turizmida 
diniy turizm sohasi alohida o‘rin egallaydi.
33


2.3.  Xalqaro turizm xizmatlar bozorini rivojiantirish
 
tendensiyalari
Milliy  va  mintaqaviy  turizmni  rivojiantirish  muammolarini 
yechishga  bag‘ishlangan  ilmiy  ishlar va  adabiyotlar tahlili,  statistik 
ma’lumotlar, jumladan,  turizm  va  sayohatlar  bo‘yicha  Butunjahon 
kengash  (WTTC)  materiallari  va  boshqa  manbalar  tahlili  jahon 
turizm  taraqqiyotining  umumiy  tendensiyalarini  aniqlashga  imkon 
beradi.  Bu,  o‘z navbatida,  0 ‘zbekiston  va  uning  mintaqalari  turizm 
industriyasining  rivojlanishiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Aynan, 
jahon  turistik-rekreatsion  bozorini  rivojlanish  tendensiyalarini 
aniqlash  va  ularning  ilmiy  tahlili,  milliy  va  mintaqaviy  turizmning 
istiqbolini  prognozlash  va  rejalashtirish  jarayonlariga  imkon 
yaratadi,  ular  aniq  turistik-rekreatsion  tizimni  shakllantirish  dastur- 
larini  va  konsepsiyasini  ishlab  chiqishda  hisobga  olinadi.  Ilmiy 
tadqiqotlar rivojlangan davlatlarda xizmatlar sohasida yuz beradigan 
jarayonlaming  ko‘p jihatdan  umumiy  xususiyatlarga  ega  ekanligi- 
dan dalolat beradi,  shu sababli  xorij tajribasini  mahalliy sharoitlarda 
qo‘llash maqsadida batafsil o‘rganish muhim hisoblanadi.
Xalqaro  darajada  turistik  xizmatlar  bozorining  rivojlanish  ten­
densiyalarini  ko‘rib  chiqishda  ko‘pgina  davlatlar  uchun  chiquvchi 
turistlar  oqimining  o ‘sishi,  jumladan,  2014-yildan  keyingi  davrda 
chiquvchi  turizmning  yuqori  suratlarda  ko‘payishi  kuzatilmoqda. 
Chiquvchi  oqimning  yillik eng  yuqori  ko‘payish  sur’atlari  Birlash- 
gan Arab Amirligida -  49,8 %, Kipr mamlakatida -  40,7 %, Turkiya 
mamlakatida -  31,9 %  ni tashkil qilmoqda15.
Hajmi  bo‘yicha  barqaror  hisoblangan  ekskursiya-tanishuv 
turizmi  bo‘yicha  Fransiya  davlati  ustun  hisoblansa,  AQSH  va 
Germaniya  davlatlari  esa  xizmat  maqsadidagi  safarlar  bo‘yicha 
ustunlik qilmoqda.
Turizmni  rivojiantirish  bo‘yicha  o‘nta  yetakchi  mamlakatlar 
qatoridan  Avstraliya  chiqib  ketadi,  uning  o‘mini  Meksika  davlati 
egallash  ehtimoli  mavjud.  Hozirgi  vaqtda  turizmdan  eng  yuqori 
daromadlami  yozgi  dam  olish  davrida  turistlarni  qabul  qiladigan 
davlatlar  olmoqda  va  bular  Ispaniya,  Gretsiya,  Turkiya,  Kipr,
l5United Nations World Tourism Organization Yearbook o f Tourism Statistics.  Madrid: UNWTO, 2015.
34


Janubi-sharqiy  Osiyo  davlatlaridir.  Bu  mamlakatlar turistlarga  dam 
olish  uchun  mumtoz  turto‘plamlami  taqdim  etmoqdalar.  Rossiya 
davlati  esa  faqatgina  Qora  dengiz  sohillaridagina  bunday  dam 
olishni  ta’minlash  imkoniyatiga  ega.  Bu  yerda  yozgi  cho‘milish 
mavsumi 0 ‘rta Yer dengizi mamlakatlariga qaraganda 2 oy qisqaroq 
davom etadi. Qumli plyaj laming uzuniigi  bo‘yicha Rossiya sohillari 
Turkiya,  Ispaniya,  Afrikaning  0 ‘rta  Yer  dengizi  mamlakatlari 
qirg‘oq!aridan o ‘nlab marotaba kichikdir.  Dengiz suvining ekologik 
holati  ham  ijobiy  emas,  Qora dengizning  hozirgi  holati  ekologlami 
birmuncha  tashvishlantirmoqda,  u  yerda  bir  nechta  salbiy  hisob- 
langan jarayonlar kuzatilmoqda.
Bugungi  kunda  jahon  turizmini  rivojlantirishda  ayniqsa, 
quyidagi  davlatlar  yetakchilik  qilmoqda:  Montenegro,  Hindiston, 
Vyetnam,  Angola,  Laos,  Chad,  Gvadelupa,  Ftdji,  Uganda va  Xitoy 
davlatlari.  Turizm  industriyasining  bu  davlatlarida  rivojlanishiga 
e ’tiboming  ortishi  ularning  iqtisodiyotiga  o ‘zining  ijobiy  ta’sirini 
o ‘fkazmoqda,  ma’lumotlami  raqamlarda  ifodalasak,  jahon  yalpi 
ichki  mahsulotiga  bevosita  3,8%  va  bilvosita  10%  qo‘shilishiga 
ta’sir qiladi.
Rossiya  turizm  bozorini  rivojlantirishning  tajribasidan  ma’ium 
bo‘lishicha,  2015-yilda  beshta  yirik  turistik  kompaniya  inqirozga 
uchragan.  Bunga  Rossiyada  kechgan  turizm  sohasining  tizimli 
inqirozi  sabab  bo‘ldi,  chunki  turoperatorlar  piramida  tamoyili 
asosida  moliyalashtirilmoqda,  ya’ni  fuqarolaming  bugun  to‘lagan 
puli  ularning  o‘zi  uchun  emas,  balki  firmaning  keyingi  turistlari 
xarajatlarini  moliyalashtirish  uchun  ishlatilmoqda.  Ularning  tashrifi 
xarajatlarini esa turfirmaning kelajakdagi mijozlari to‘laydi.
Hozirgi  vaqtda  dunyodagi  turistik  firmalar  o ‘z  mahsulotini 
umuman mijozlar ommasiga emas,  balki  imkoniyat darajasida aniq 
guruhlaming  ehtiyojlariga  yo‘naltirishga  harakat  qilmoqdalar. 
Zamonaviy  turmahsulot  bozorida  G‘arb  davlatlari  dam  olish  uchun 
oilaviy turlami,  o ‘quvchilar uchun  ekskursiyalar,  maxsus  tashriflar, 
sarguzashtli  va  ov  turlari,  alohida  soha  xodimlari  uchun  maxsus 
turlami  taklif qilmoqdalar.  Turmahsulotni  shunga  o'xshash  farqla- 
nishi  uning  turli  komponentlari  va  xillarini  subyektiv  qiyosiy 
baholash  muammosini  tug‘diradi,  bu  esa  mintaqa  turistik
35


resurslaridan  maksimal  foydalanuvchi  optimal  majmuali  turlami 
shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jahonda  turizm  xizmatlar  bozorini  rivojiantirishning  navbat- 
dagi  tendensiyasi  -   turizm  industriyasining  davlat  tomonidan  ko‘- 
maklashish  darajasini  oshirishdir.  Bugungi  kunda  ko‘pgina  davlat- 
larda  turistik  mintaqaning  mintaqaviy  brendlari  shakllantirilgan, 
ba’zi  davlatlar o‘zining turmahsulotini  umumjahon turizm  bozorida 
siljitishga ko‘mak beradi lar.
G‘arb mamlakatlaridagi  turistik kompaniyalarni  rivojlantirishda 
davlatning  ko‘magiga  oid  ayrim  misollami  ko‘rib  chiqamiz.  Masa­
lan,  o‘z  mintaqasida  turistik  xizmatlarga  bo‘Igan  talabni  rag4bat- 
lantirish  uchun Kipr hukumati  viza tartibini  yengillashtirishga  urin- 
di.  Hukumat  xatti-harakatlari  natijasida  Kipr  diplomatik  missiyasi 
elchixonasi  Rossiya  va  boshqa  davlatlaming  vakillari  uchun 
vizalami bepul qilib belgiladi.
Turistik  va  rekreatsion  xizmatlarni  siljitish  uchun  Chexiya 
kuchli  marketing  siyosatini  olib  bormoqda.  Ular psixologlami jalb 
qilib, yangi brend ishlab chiqdilar. 2013-yilda Chexiya Respublikasi 
Milliy  turistik  boshqaruvi  (MTB)  50  dan  ortiq  tadbirlami,  shu 
jumladan,  qator  xizmat  uchrashuvlari  va  mavzuli  taqdimotlami 
tashkil  qilmoqda.  Mazkur  tadbirlar  dunyo  bozorlarida  yetarli 
darajada tanish boim agan Chexiya saroylari, kurortlari, YUNESKO 
ro'yxatiga  kiritilgan  shaharlari  va  mintaqaning  boshqa  diqqatga 
sazovor joylariga bag‘ishlangan.
Shunday  qilib,  turistik  xizmatlar  bozorining  faoliyat  ko‘rsa- 
tishidagi  xorijiy  tajribalaming  tahlili  jarayonida  quyidagi  xalqaro 
turizm  xizmatlar  bozorini  rivojiantirish  tendensiyalarini  kiritish 
mumkin:16
1. 
Turizm  sohasini  servislashtirish  tendensiyasi  kuzatilmoqda, 
zero,  rivojlangan  davlatlardagi  aholining  kattagina  qismida  XX 
asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab  fei-atvor  va  dunyoqarashda 
ayrim  o‘zgarishlar  kuzatilmoqda,  avvalgi  «iste’molchilik  psixolo- 
giyasi»  tushunchasi  o‘miga  jamoaviy  psixologiya  shakllanishiga 
ishora qiluvchi  «postindustrial jamiyat»,  «farovon jamiyat»,  «bo‘sh 
vaqt jamiyati» singari tushunchalar kirib keldi.
l6Safarov  B.Sh.  Milliy  turizm  xizmatlar  bozorini  innovatsion  rivojiantirishning  metodologik  asoslari  // 
Monografiya  -  Toshkent: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2 016,1S4 b.
36


2. Bugungi  kunda  jahon  turizm  bozorida  quyidagi  maqsadii 
turistik  ko‘rsatmalar  ustun  turadi:  yangi  taassurotiaming  paydo 
boMishi  va  ularning  tezda  o‘zgarishi,  guruhli  yoki  ikki  kishi  bo'lib 
darn  olish,  ichki  sabablar  tufayli  yoki  tashqi  ta’sirlarsiz  o ‘z  xohish 
istaklarini  tezda  qondirishga  intilish,  tabiat  va  landshaft  go‘zalli- 
gidan bahra olish.
3. Aniq  iste’molchilar  fe’l-atvorining  turizm  industriyasiga 
ta’siri  ostida yuzaga  keladigan  turistik talabni  chuqur o ‘rganish na- 
tijasida turistik mahsulotni differensiyalash harakati kuchaymoqda.
4. Dunyoda turistik  xizmatlar tizimli  savdosi  shakilanmoqda va 
faol  rivojlanmoqda  hamda  turizmni  rivojlantirish  sohasida  fran- 
chayzingdan foydalanish amaliyoti keng tarqalmoqda.
5.  Internet  turizmi  sohasining  ko‘lami  kengayib  bormoqda,  yil 
sayin  tarmoqda  o‘zining  sahifasini  tashkil  etishga  urinayotgan  turli 
darajadagi  turizm  bozori  subyektlarining  soni  ortib  bormoqda, 
mutaxassislaming  baholashicha,  2018-yilga  kelib  barcha  turistik 
mahsulotlaming  uchdan  bir  qismi  internet  orqali  sotilishi  bashorat 
qilinmoqda.

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish