Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya


tez  va  sifatli



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

123


tez  va 
sifatli
  ta’minlash  uchirn  bugungi  kunda  xalqaro  turizmda 
turagentliklar  va  operatorlik  kompaniyalar!  zamonaviy  kompyuter 
texnologiyalaridan  foydalanmoqda.  Xalqaro  turizmda  paketni 
yaxlitlash muammolari,  narxni  hisoblash  va  tumi  sotishni  operativ 
hal  qilish  uchun  kompyuter  va  telefaks  aloqasidan  keng  foyda- 
laniladi.,
Inklyuziv  tur 
(IT).  Bu  oldindan  rejalashtirilgan  va  dam 
olishning yoki  turizmning ma’lum  turi  hamda turistlaming ma’lum 
ijtimoiy  guruhiga  va  uning  yoniga  yo‘naltirilgan  qat’iy  xizmatlar 
to‘plamidir.  Eng  ko‘p  tarqalgan  inklyuziv  turlar,  deb  marshrutli 
turlami  aytish  mumkin.  Ya’ni  bunda  turistlar guruhi  avtobusda  bir 
nechta  shaharlar  va  mamlakatlar  bo‘ylab  sayohat  qiladi.  Ushbu 
turning o‘ziga xos xususiyatlari  (sayohat grafigi va muddatlari bilan 
qat’iy  bog‘langan,  barcha  uchun  yagona  dastur)  uning  buyurtmali 
boMishiga yoM  qo‘ymaydi.  Kruiz  turlar,  hobbi  turlar  ham  inklyuziv 
turlardir. Inklyuziv turlami sotishda xizmatlar tarkibi o‘zgarmaydi.
Turist bunday tumi toMigMcha sotib olishi yoki undan butunlay 
voz  kechishi  mumkin.  Inklyuziv  turlar  barqaror talabga ega taniqli 
turizm va dam olish maskanlaridagi marshrutlarda tashkillashtiriladi 
va  taklif etiladi.  Inklyuziv  turlar  narxining  katta  qismini  joylash­
tirish  va  ovqatlanish  to‘lovlari  tashkil  etadi.  Xalqaro  (avia)  havo 
transportlari  assotsiatsiyasi  talabiga  binoan,  inklyuziv  turlar  o‘z 
ichiga  3  tadan  kam  bo‘lmagan xizmatlar:  aviauchish, joylashtirish, 
butun  marshrut  bo‘ylab  sayohat  va  yuqoridagi  2  tasi  bilan  bogiiq 
bo‘lmagan biror xizmat (ekskursiya, avtomobil ijarasi va h.k.).
Bunday  turlarga  boMgan  talabning  tebranishiga  qaramasdan, 
ulami rivojlantirishning ma’lum afzalliklari mavjud:
•  umuman  olganda,  majmuali  sayohat alohida  sotib  olinadigan 
xizmatlar to‘plamidan arzondir;
•  narxlari  oldindan  ma’lum  boMganligi  uchun  turagentlaming 
turistlarga  qanday  marshrutni  tanlash  borasida  maslahat  berishlari 
oson kechadi. Bunda dasturlar ham oldindan belgilangan boMadi;
•  o‘z  mahsulotining  jozibadorligini  ko‘rsatish  uchun  ko'proq 
imkoniyat boMadi.
Inklyuziv turlaming kamchiliklari:
•  bunday  turda  mijozni  qiziqtirmagan  xizmatlarning  mavjud 
boMish ehtimoli bor;
124


•  dastuming haddan tashqari to‘yinganligi;
•  bunday  tur  reklamasi  iste’molchilaming  faqatgina  bir  qis- 
minigina jalb qilishi mumkin.
Buyurtmali  turlarda  turoperator  doimiy  ravishda  mehmonxo- 
nalardagi tasdiqlanmagan o‘rinlarga kvotalarni ushlab turishi lozim. 
Sotishda  turli  talabnomalar  bo‘lishi  mumkin.  Turoperator  turli 
mehmonxonalarda  joylashtirilgan  turistlar  bilan  ishlashiga  to‘g‘ri 
keladi.  Turistlarni  bir mehmonxonada joylashtirib xizmat ko‘rsatish 
ancha oson kechadi.  Yuqorida aytib o‘tilganidek, turistning shaxsiy 
xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda,  barcha  turistik  sayohatlar 
individual yoki guruhli tarzda amalga oshiriladi.
Turto‘plam  (turpaket)  -   iste’molchilarga  guruhli  yoki  indi­
vidual  variantlar  bo‘yicha  taqdim  etiladigan  xizmatlar  to‘plamiga 
kiradi.
Turpaketni tashkil lashtirishga ta’sir etuvchi omillar:
•  berilgan sayohatga talabning mavjudligi;
•  xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazariing mavjudligi;
•   aviakompaniyalar  va  boshqa  transport  kompaniyalari  bilan 
munosabati;
•  jo ‘natuvchi  va  qabul  qiluvchi  mamlakatlar  o‘rtasidagi 
munosabatlar;
•  hamkor turistik tashkilotlar bilan munosabat;
•  belgilangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;
•  belgilangan mamlakatning siyosiy barqarorligi.
Shuni ta’kidlash  lozimki,  siyosiy  barqarorlik omili  turoperator 
tomonidan  o‘zining  strategiyasini  ishlab  chiqishda  muhim 
hisoblanadi. Turizmda Gretsiyadagi kurd millati voqealari, Misrdagi 
terroristik  portlashlar  bilan  bogiiq  hodisalar  talabning  keskin 
pasayish  hollariga  olib  keladi.  Ushbu  yo‘nalishlarga  ixtisoslashgan 
turoperatorlar katta yo‘qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni 
ham ta’kidlash lozimki,  ushbu hududlarda vaziyat barqaror bo‘lishi 
bilan  turistlar  oqimi  yana  kuchaya  boshlaydi.  Berlindagi  xalqaro 
turizm bitjasida qayd etilganidek, turist xavf- xatarni yengib o‘tishga 
moyil.  Siyosiy  barqarorlik  qayta  yaxshilangan  mamlakatlarda,  shu 
bilan birga, turpaketning narxlari arzonlashganda turistik oqim yana 
kuchaya boshlaydi.
125


Turpaket  narxi.  Turpaketning muvafaqqiyatiga ta’sir etuvchi 
eng  muhim  omil  bu  -   narxdir.  Narxlashtirishda  boshqalarnikiga 
o'xshamagan,  alohida  xususiyatli  turpaketga  ega  bo‘lgan  turopera­
torlar  ko‘proq  erkinlikka  egadir.  Ular  narxni  asosan  xizmatlarni 
sotib  olish  va  boshqa xarajatlar,  shuningdek,  daromadning  ma’lum 
foizini  kiritishga  asoslanib  belgilaydilar.  Ommaviy  bozor  turo- 
peratorlari  asosan  raqiblar  narxiga  asoslanib  narx  belgilashadi, 
ayniqsa, turpaketlarga talab pasayganda (o‘lik mavsumda).
Turpaket  narxini  aniqlashda  turoperatorlar  bozor  yetakchilari 
narxlariga  amal  qilishadi.  Yirik  turoperatorlar  xarajatlami  kamay- 
tirishadi  va  shu  bilan  raqiblarining  narxlashtirishda  omadga  eri- 
shishlariga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Eng ko‘p qoilaniladigan narxlashtirish 
usullaridan  biri -  bu xarajatlarga asoslangan  narxlardir,  ya’ni  mah­
sulot tannarxi  hisoblanadi  va daromadning ma’lum  foizi  qo‘shiladi. 
Turpaket  narxiga  kiruvchi  daromad  foizi  qo‘shimcha  xarajatlami 
qoplash,  fondlarga  ajratmalar,  maosh  va  sof  daromadni  hisoblash 
orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha boiadi.
Turizmda narxlar xarajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan 
vaqtda bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi, «o‘lik mavsum»da 
narxlar pasayadi va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). 
Turpaketlar  narxi nafaqat turistik  bozoming holati,  raqobatchilaming 
narxiga, balki boshqa turlar narxiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish