Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

qo‘shimcha turistik
 
xizmatlar  deganda,
  turpaketda  nazarda  tutilmagan,  turist  sayohat 
davomida o‘zining qo‘shimcha toiovi asosida amalga oshiriladigan 
xizmatlar tushuniladi.
Butunjahon  turizm  tashkiloti  qo‘shimcha  turistik  xizmatlaming 
400  ta  turini  keltirib  o‘tgan.  Qo‘shimcha  turistik  xizmatlaming 
ahamiyati shundaki, unda turist paydo boigan ehtiyojlarini toiaqonli 
qondiradi,  ma’lum  bir  vazifalami  bajarishda  o‘zini  urintirmaydi 
(masalan:  mehmonxonada  yashayotganida  kiyimini  tozalash  yoki 
dazmollash.uchun mehmonxona xodimlariga murojaat qiladi). Turist 
qo‘shimcha  turistik  xizmatlar  tufayli  to‘la  dam  olishga  erishadi. 
Natijada  o‘z  sayohatidan  ko‘ngli  toiadi.  Qo‘shimcha  turistik 
xizmatlardan turist ikki xil vaziyatda foydalanadi:
Turpaketning tanaffiis qismida yoki turist bo‘sh qolgan vaqtda 
foydalanadigan xizmatlar (masalan,  kechqurin  Registon maydonida 
namoyish etiladigan ovozli va nurli panoramaning tomoshasi).
115


Asosiy xizmatlar ko‘rsatilishi davomida yoki turist ehtiyojidan 
kelib chiqqan holda foydalanadigan xizmatlar (masalan, qo‘shimcha 
gid xizmati).
Turistga  birinchi  vaziyatdagi  qo‘shimcha  turistik  xizmatlarni 
ko'rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
-  turistlar  qiziqishlarini  inobatga olib,  iloji  boricha  turistlarga 
faqat yaxshi  kayfiyat  bag‘ishlaydigan qo'shimcha xizmatlar taqdim 
etish  o‘rinli  hisoblanadi.  Shu  o‘rinda  bu  xizmatlar  turistga  ijobiy 
taassurot  qoldira olishi  kerak.  Masalan:  o‘zbek milliy  to‘ylariga  va 
oilalarga olib borish, turistni milliy konsert, festivallarga taklif etish. 
Buning  uchun  respublikada  turistlarga  xizmat  qiladigan  milliy 
ansambl guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi;
-  turist uchun yangilik bo‘lgan va bunday vaziyatga oldin duch 
kelmagan  qo‘shimcha  turistik  xizmatlarni  ko‘rsatish.  Masalan:  Sa- 
marqandda  bir-biriga  masofa  jihatidan  yaqin  joylashgan  yodgor­
liklar  (Amir  Temur  maqbarasi,  Registon  maydoni,  Bibixonim 
masjidi,  Shohizinda  ansambli  va  boshqalar)ga  sayohat  qilishda  tu­
ristlami  tuya,  ot-aravalarda olib borish chuqur taassurot qoldiruvchi 
xizmatlar turiga  kiradi.  Buning  uchun  shu  yodgorliklar joylashgan 
hududda  maxsus  piyoda  turistik  yo‘laklar  tashkil  etib,  turistik- 
tomosha hududiga aylantirish kerak;
-  turistlami  milliy  urf-odatlar  va  an’analar  bilan  tanishtirish 
orqali  milliy  hunarmandchilik  va  kasanachilik jarayonlarida  bevo- 
sita qatnashishini tashkil  etish.  Yoki  o‘zbek milliy taomlarining pi- 
shirilish jarayonini tomosha qilish kabi xizmatlar ko‘rsatish. Buning 
uchun  mamlakatimizda  hunarmandchilik,  kasanachilik  va  milliy 
oshxonalami turizm sohasiga jalb qilib, bu sohalarni rivojlantirish.
Turistga  ikkinchi  vaziyatdagi  qo‘shimcha  turistik  xizmatlarni 
ko‘rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
-  
mehmonxonalardagi  qo‘shimcha turistik xizmatlarni  rivojlan­
tirish.  Bu  xizmatlarga:  nomerga  taom  yoki  mehmon  buyurtmalarini 
yetkazib berish xizmati,  kiyim tozalash va dazmollash xizmati,  seyf 
xizmati,  telefon,  internet,  pochta  xizmatlari,  trenajyor  zali  xizmati, 
basseyn (ochiq yoki yopiq), massaj,  sauna,  sartarosh  xizmati, texni- 
kani  ta’mirlash  xizmati,  valyuta ayriboshlash  xizmati,  ijara  xizmati 
va boshqalar.
116


-.ovqatlanish  korxona!arida  qo‘shimcha  turistik  xizmatlar max­
sus turist buyurtmasi va tanloviga asosan ko‘rsatiladigan xizmatlardir.
Qo‘shimcha turistik xizmatiardan  turist ketma-ket ravishda ham 
foydalanishi  mumkin.  Ya’ni  turist  bo‘sh  vaqtida  shahardan  tash- 
qariga  tog‘li  manzaralami  ko‘rish  uchun  borganda,  valyuta  al- 
mashtirish  xizmati,  avtomobil  ijara xizmati,  qo‘shimcha  ovqatlanish 
xizmati  (shahardan  tashqarida)  dan  ketma-ket  foydalanadi.  Xulosa 
qilib aytganda, qo‘shimcha turistik xizmatlar nafaqat tashkil qilinishi 
va taklif qilinishi, balki sifatli va foydali ravishda ko‘rsatilishi kerak.
Turistik  mahsulot.  Turizm  xizmat  bozori  o‘ziga  xos  hodisa 
bo‘lib,  uning  ta’sir  doirasi  turistik  mahsulotni  yaratish  va 
iste’molchilar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bilan ifodalanadi.
Turistik  mahsulot  turizm  maqsadlari  va jarayonida  turistning 
ehtiyojlarini  qondirish  uchun  yetarli  boMgan,  barcha  turistik 
xizmatlar,  ishlar,  tovarlar  va  ta’minot  vositalari  hamda  turpaketga 
kiritilgan  boshqa  turistik  xizmatlar  majmuidan  iborat.  Turistik 
mahsulot (turpaket) xizmatlar harakatining 24  soatdan ortiq vaqtiga 
ega yoki  tunab qolish (joylashtirish) va joydan-joyga ko‘chib o‘tish 
(yuk  tashish)  ni  o‘z  ichiga  oladi.  Turistik  mahsulot  barcha  ko‘r- 
satilgan  xizmatlar  va  barcha  xarajatlami  o‘z  ichiga  olgan  umumiy 
narx  bo‘yicha  taklif etiladi,  uning  iste’mol  xususiyatlari  esa  shart- 
noma shartlari asosida amalga oshiriladi.
Turist turistik mahsulotlar (turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar) 
iste’molchisidir.  Turistik  mahsulotlar -  turistik  asosiy  xizmatiardan 
(bronlashtirish,  transfert, joylashtirish,  ovqatlantirish,  ekskursiyalar), 
qo‘shimcha  xizmatlar  turistik  ishiardan  (foto  xizmati,  sug‘urta, 
axborot,  moliya,  bank  xizmati)  va  turistik  tovarlardan  (esdalik 
sovg‘alar,  xilma-xil  tur tovarlari,  iste’mol tovarlari  -  parfyumeriya, 
tamaki, spirtli ichimliklar, maishiy texnika, kiyim-kechak) iboratdir.
Agar  turistik  xizmatlar  ko‘rsatish jarayonini  sinchiklab  kuzata- 
digan  boMsak,  unda  turizm  tashkilotchilari  (turoperatorlar)  aynan 
xizmat  ko‘rsatish  bilan  emas,  balki  turistlaming  ehtiyojlariga  qarab, 
turistik  mahsulotni  shakllantiradilar  va  ularning  turli  kombinatsi- 
yalarini  tuzadilar,  buning  evaziga  ular  foiz  ko‘rinishida  mukofot 
oladilar.  Shunday  qilib,  turizm  tashkilotchilari  turistlar  va  xizmat 
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida vositachi vazifasini o‘taydilar.

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish