Mustaqillik yillarida Namangan viloyatida madaniy merosni
asrash va buyuk ajdodlarimizning nomiarini abadiylashtirish bo-
rasida qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Nodim
Namongoniy maqbarasi, Boborahim Mashrab bogM, uy-muzeyi va
haykali, Ibrat uy-muzeyi, Mavlono Lutfulloh majmuasi, Maxdumi
A ’zam Kosoniy majmualarining bunyod etilib, xalqimizga top-
shirilishi ajdodlar ruhiga hurmat va o ‘zligimizni anglash nisho-
nasidir. Yosh avlodni ajdodlar an'anasi ruhida tarbiyalashda tarixiy-
madaniy obidalarning o ‘mi va ahamiyati katta. Shunday ekan
madaniy merosimizni saqlash, ularni ilmiy jihatdan yanada ko‘proq
o ‘rganish va kelajak avlodga yetkazish bugungi kunning dolzarb
masalasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |