Birinchidan,
davlatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib
hamda uzoq muddatli strategik maqsadlari
mizdan kelib chiqqan holda, O„zbekiston
Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi.
Ikkinchidan,
tashqi siyosatimizning ustuvor yo„nalishi bo„lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko„p
asrlik do„stlik va yaxshi qo„shnichilik, strategik sheriklik va o„zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni
yanada mustahkamlashga
alohida e‟tibor qaratamiz.
Murakkab pandemiya sharoiti biz bir-
birimizga qanchalik bog„liq va kerak ekanimizni yana bir bor
yaqqol namoyon etdi. Bu ijobiy jarayonlarni chu
qur o„rganish va yanada rivojlantirish maqsadida
joriy yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etildi.
Kelgusi yili Toshkentda mintaqamizning Janubiy Osiyo bilan munosabatlariga doir yuqori
darajadagi xalqaro konferensiya o„tkaziladi.
Shular qatorida Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari
chorrahasida” xalqaro anjumanini o„tkazish rejalashtirilgan.
Uchinchidan,
asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo„shma Shtatlari,
Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston,
Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko„p qirrali va o„zaro manfaatli aloqalarni
yanada kengaytiramiz.
Tashqi ishlar vaziri va uning o„rinbosarlari hamda yurtimizning chet ellardagi elchilari mazkur
davlatlar bilan yangi, yanada samarali ish tizimini joriy etishlari zarur.
To„rtinchidan,
biz qo„shni Afg„oniston zaminida tinchlik o„rnatilishiga qat‟iy ishonamiz va bu ezgu
yo„lda amaliy yordamni bundan keyin ham ayamaymiz.
Afg„on muammosini hal etishga qaratilgan global sa‟y-harakatlarga Toshkent xalqaro
konferensiyasi ham mustahkam poydevor yaratdi, desak, mubolag„a bo„lmaydi.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog„laydigan Trans-afg„on transport yo„lagini
barpo etish borasida dastlabki amaliy qadamlarni tashladik. Bu loyihaning ro„yobga chiqarilishi
butun mintaqamizda barqarorlik va iqtisodiy o„sishni ta‟minlashga beqiyos xizmat qiladi.
Beshinchidan,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar
bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari doimo e‟tiborimiz markazida bo„ladi.
Joriy yilda respublikamiz ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi tashkilotiga raislik qildi va
pandemiyaga qaramasdan,
ko„zda tutilgan 60 dan ziyod barcha xalqaro tadbirlar muvaffaqiyatli
o„tkazildi, 70 ga yaqin muhim hujjatlar qabul qilindi.
2021-
2022 yillarda O„zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi bo„yicha ham
jiddiy tayyorgarlikni boshladik.
Oltinchidan,
inson huquqlarini ta‟minlash, so„z va diniy e‟tiqod erkinligi bo„yicha erishayotgan
yutuqlarimizni tegishli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil mustahkamlab boramiz.
Kelgusi yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida
Do'stlaringiz bilan baham: |