Mavqei alohida o‘rin egallaydi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

qayta  tashkil  qilish
  –  bu,  uning  birlashib  ketishi,  qo‘shilishi, 
bo‘linishi,  ajralib  chiqish  va  shaklini  o‘zgartirishi  degani.  Korxonani  qayta  tashkil 
qilish ta’sischi (ta’sischilar) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish 
korxonaning  ishlab  chiqarish  ko‘rsatkichlari,  moliyaviy  va  iqtisodiy  ko‘rsatkichlari 
avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim.  
Korxonani 
tugatish
  huquqiy  xatti-harakat  bo‘lib,  ishlab  chiqarish  va  xo‘jalik 
yuritish  faoliyatining  to‘xtatilishini  anglatadi.  Korxonani  tugatish  uning  ta’sischilari 
tomonidan  qabul  qilinadigan  qaror  asosida  ixtiyoriy  tugatish  shaklida  yoki  xo‘jalik 
sudi qarori asosida amalga oshiriladi. 
Korxona  tugatilganda  u  davlat  ro‘yxatidan  chiqariladi,  uning  bankdagi  hisob 
raqami  yopiladi  hamda  muhr,  shtamp  va  boshqa  rekvizitlari  haqiqiy  emas  deb 
hisoblanadi. 
Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: 

 
ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot(ish,  xizmat)ga  bo‘lgan  talabning  pasayib 
ketishi yoki umuman yo‘qolishi; 

 
ishlab chiqarishning zarar keltirishi; 

 
ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug‘dirishi; 

 
korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan 
iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob beruvchi 
mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi. 
Korxonani ixtiyoriy tugatish 2007 yil 27 aprelda qabul qilingan «Tadbirkorlik 
sub’ektlarini  ixtiyoriy  tugatish  va  ularning  faoliyatini  to‘xtatish  tartibini 
takomillashtirish  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Qarori  va 
unga ilova tarzida berilgan “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning 
faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi. 
Ushbu  xujjatlarda  belgilangan  tartibga  ko‘ra  korxonani  ixtiyoriy  tugatish 
to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
tugatuvchi  -  tugatish  komissiyasi  (uning  a’zolari  tarkibi)  yoki  jismoniy  shaxs 
(pasporti ma’lumotlari); 
mo‘ljallanayotgan tugatish muddati. 
Korxonani  ixtiyoriy  tugatish  quyidagi  ikki  hil  holat  bo‘yicha  alohida  tartibda 
amalga oshiriladi : 
1.
 
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish. 
2.
 
Davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  vaqtdan  boshlab  moliya-xo‘jalik  faoliyatini 
yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish. 
Moliya-xo‘jalik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  korxonalarni  ixtiyoriy  tugatishda 
Tugatuvchi  korxonani  davlat  reyestridan  chiqarish  uchun  ro‘yxatdan  o‘tkazgan 
organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
bir  yoki  bir  necha  davriy  bosma  nashrlarda  chi
qq
an  korxonaning  ixtiyoriy 
tugatilganligi to‘
g‘
risidagi e’lonni; 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘
g‘
risidagi guvo
h
nomani; 
korxonaning barcha 
h
isob ra
q
amlari yopilganligi to‘
g‘
risida xizmat ko‘rsatuvchi 
banklarning ma’lumotnomalarini; 
agar mavjud bo‘lsa, korxonaning muhr va shtamplari;  


 
 
46 
vakolatli organning, agar mavjud bo‘lsa, chi
q
arilgan 
q
immatli 
q
o
g‘
ozlarini bekor 
q
ilish to‘
g‘
risidagi ma’lumotnomasini;  
davlat  soli
q
  xizmati  organining  soli
q
lar  va  bosh
q
a  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha 
q
arz yo‘
q
ligi to‘
g‘
risidagi xulosasini;  
tugatilayotgan  korxona 
q
arzdor  sifatida  ishtirok  etgan  va  ijro  etilmagan  ijro 
h
ujjati  Byuro  organlari  ish  yurituvida  mavjud  emasligi 
h
a
q
idagi  Byuro 
h
ududiy 
bosh
q
armasining yozma javobini;  
korxona 
h
ujjatlarining 
davlat 
arxiviga 
topshirilganligini 
tasdi
q
lovchi 
ma’lumotnomani. 
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida 
davlat  reyestriga  korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi  yozuvlarni  kiritadi.  Ro‘yxatdan 
o‘tkazgan  organning  qarori  u  qabul  qilingan  kundan  keyin  bir  ish  kuni  mobaynida 
tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi.  
Korxonani  ixtiyoriy  tugatishning  umumiy  muddati  ro‘yxatdan  o‘tkazgan  organ 
ixtiyoriy  tugatish  to‘g‘risida  qabul  qilingan  qaror  haqida  xabardor  qilingan  kundan 
boshlab to‘qqiz oydan oshmasligi kerak. 
Davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  vaqtdan  boshlab  moliya-xo‘jalik  faoliyatini 
yuritmayotgan  korxonalarni  ixtiyoriy  tugatishda
 
Tugatuvchi  korxonani  davlat 
reyestridan  chiqarish  uchun  ro‘yxatdan  o‘tkazgan  organga  ixtiyoriy  tugatish 
to‘g‘risidagi  e’lon  chiqqan  sanadan  keyin  bir  oydan  erta  bo‘lmagan  muddatda 
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

 
korxonaning  ixtiyoriy  tugatilganligi  to‘
g‘
risida  bir  yoki  bir  necha  davriy 
bosma nashrlarda chi
qq
an e’lonni; 

 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘
g‘
risidagi guvo
h
nomani; 

 
banklarda 
h
isob  ra
q
amlari  ochilmaganligi  to‘
g‘
risidagi  xat  yoki,  agar  mavjud 
bo‘lsa, asosiy 
h
isob ra
q
ami yopilgani to‘
g‘
risidagi bank ma’lumotnomasini; 

 
tugatilayotgan  korxona 
q
arzdor  sifatida  ishtirok  etgan  va  ijro  etilmagan  ijro 
h
ujjati  Byuro  organlari  ish  yurituvida  mavjud  emasligi 
h
a
q
idagi  Byuro 
h
ududiy 
bosh
q
armasining yozma javobi;  

 
muassislar  (
q
atnashchilar)ning  ular  o‘rtasida  mol-mulk  ta
q
simlanganligi 
to‘
g‘
risidagi 
q
arorini; 

 
mavjud bo‘lsa, korxonaning muhr va shtamplari;  

 
korxona 
h
ujjatlari 
davlat 
arxiviga 
topshirilganligini 
tasdi
q
lovchi 
ma’lumotnomani 
 
Ro‘yxatdan  o‘tkazgan  organning  qarori  qabul  qilingan  kunidan  keyin  bir  ish 
kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi.
 
Moliya-xo‘jalik 
faoliyatini 
amalga 
oshirmayotgan 
va 
qonunchilikda 
belgilangan  muddatlarda  o‘zlarining  ustav  jamgarmalarini  shakllantirmagan 
korxonalar  faoliyatini  tugatish  tartibi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  3  iyuldagi 
Qarori  bilan  tasdiqlangan  “Moliya-xo‘jalik  faoliyatini  amalga  oshirmayotgan  va 
qonunchilikda 
belgilangan 
muddatlarda 
o‘zlarining  ustav  jamg‘armalarini 
shakllantirmagan  korxonalarni  tugatish  tartibi  to‘g‘risida  Nizom”  ososida  amalga 
oshiriladi.  Bankrotlik  alomatlari  bo‘lgan  korxonalarni  tugatish  tartibi.  «Bankrot» 
atamasi  qadimgi  italyanchada  «banca»  –  kursi,  o‘rindiq  va  «rota»  –  singan,  ya’ni 


 
 
47 
singan  kursi  degan  ma’noni  anglatadi.  Shimoliy  Italiyaning  savdo  shaharlari  – 
Genuya  va  Venetsiyada  barcha  bitimlar  maxsus  binolarda  amalga  oshirilgan.  Har 
qaysi  urug‘,  oila  savdo  uylarida  yog‘ochdan  yasalgan  kursiga  ega  bo‘lib,  urug‘ 
boshlig‘i yoki uning vakili o‘sha kursida o‘tirib bitimlar tuzgan. Agar urug‘ boshlig‘i 
o‘zining  moliyaviy  majburiyatlarini  bajara  olmasa  va  nochor  bo‘lib  qolsa,  uning 
kursisi  odamlar  ko‘z  oldida  sindirilgan.
  Mamlakatimizda  kreditorlar  da’volarini 
qondirish  maqsadida  xo‘jalik  yuritish  sub’ektlari  bo‘lmish  yuridik  va  jismoniy 
shaxslarni  bankrot  bo‘lgan  deb  e’tirof  etish  shartlari  va  tartibi  “Bankrotlik 
to‘g‘risida”gi  Qonunda  belgilab  berilgan,  lekin  u  o‘z  faoliyatini  davlat  budjeti 
mablag‘lari  hisobidan  amalga  oshiradigan  korxona-tashkilotlarga  nisbatan  tatbiq 
etilmaydi.
O‘zbekiston  Respublikasining  “Bankrotlik  to‘g‘risida”gi  qonuniga  ko‘ra 
qarzdorning  pul  majburiyatlari  bo‘yicha  kreditorlar  talablarini  qondirishga  va 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli 
majburiyatlar  va  to‘lovlar  majburiyati  yuzaga  kelgan  kundan  e’tiboran  uch  oy 
davomida  qarzdor  tomonidan  bajarilmagan  bo‘lsa,  uning  bankrotlik  alomatlari  deb 
e’tirof etiladi
1


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish