54
O‘ta qattiq materiallar
Ushbu guruhga olmoslar va bor nitridi asosidagi materiallar kiradi. Olmos
tabiatda uchraydigan metal va minerallar ichida eng yuqori qattiqlikka egadir.
Uning qattiqligi, qattiq qotishmaga nisbatan 5 marta, tezkesar polatlarga nisbatan
esa 14 marta yuqoridir. Shuningdek, uning elastiklik moduli qattiq qotishmaga
nisbatan 2 marta katta bo‘lib, lekin chiziqli kengayish koefitsenti 4 marta kamdir.
Olmosning issiqlik o‘tkazuvchanligi qattiq qotishmalarga nisbatan 2 marotaba ko‘p
bo‘lib, yuqori mo‘rtlikka ega va egilishdagi mustahkamlik chegarasi qattiq
qotishmaga nisbatan 3,5-5 marotaba kamdir.
Ko‘rsatib o‘tilgan bebaho xususiyatlariga asosan olmos, keyingi yillarda
sanoatning har xil bo‘g‘inlarida va zamonaviy texnikada ham asbobsozlikda ham
konstruksion material sifatida keng qo‘llanilmoqda.
Olmoslar yuqori ximiyaviy korrozion chidamlilikka ega bo‘lishi bilan birga,
tabiy olmoslarning issiqbardoshligi 700-750
0
C, ni tashkil qiladi.
Ko‘rsatilgan oraliqdagi haroratda olmos ximiyaviy aktiv bo‘lib, qora
metarllar bilan bog‘lanishda uning kesish xususiyatlari yomonlashadi, bu esa ularni
bunday metallar bilan ishlashida yaxshi samara bermaydi.
Asboblarni jihozlashda texnik jihatdan tabiiy va sun'iy olmoslardan
foydalaniladi. Sun'iy polikristall olmoslar (SPO), ASB, ASPK,
ARS
3
lar fizik va mexanik xususiyatlari bilan tabiiy olmoslarga yaqin turadi.
Ularning o‘lchamlari diametr bo‘yicha 3,5 dan 10 mm gacha, massasi esa 0,08 dan
0,9 g yoki (0,4 – 4,5) karatga teng.
Amalda olmoslar qattiq metal emas, materiallarga (oyna, qattiq keramikaga,
qimatbaho toshlarga va x.k.), rangli metall va ularning qotishmalariga ishlov
berishda qo‘llaniladi.
Qora metallarga ishlov berishda esa o‘ta qattiq asbobsozlik materiali o‘rnida
bor nitridi asosidagi materiallarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Bunday
materiallar qattiqligi jihatidan olmosga yaqin bo‘lib, issiqbardoshligi esa undan
1,5-1,7 marta yuqoridir (1300-1400
0
C).
55
Qattiq qotishmalarga nisbatan ular ham olmos kabi yuqori mo‘rtlikka ega
bo‘lib, tebranishlarga sezgir va egilishdagi mustahkamlik chegarasi pastdir. Bor
nitridi asosidagi o‘ta qattiq materiallar geksogonalli bor nitridini (kompozit – 01,
komiozit 02) sintez qilish yo‘li bilan yoki kubli bor nitridiga (kompozit – 05,
kompozit 05 i) legirlovchi qo‘shimchalar kiritib pishirish yo‘li bilan olinishi
mumkin.
Quyida 1.5 -jadvalda bor nitridi asosidagi o‘ta qattiq materiallar
markalari va
ularning qo‘llanilishi berilgan.
1.5-jadval.
Materiali
Silindr shaklidagi
polikristallar o‘lchamlari,
mm
Vazifasi
Kompozit 01
(elbor-R)
Kompozit 02
Ismit-1
Ø 4 - 4,5
N
= 4…5
Qattiqligi 60-70 HRC
e
bo‘lgan toblangan
po‘latlarga toza ishlov
berish va
oqlangan
cho‘yanlarga
zarbasiz
ishlov berish
Kompozit 05, 05I
Ø 7 – 10
N
= 4…7
Qattiqligi 31-57 HRC
e
bo‘lgan toblanmagan va
toblangan po‘lat
zagatovkalarga va
cho‘yanlarga
yarim toza
va toza ishlov berish
Kompozit 10
(geksanit-R)
Kompozit 09 (PTNB)
Ismit-2
Ø 5 – 6
N
= 4,5…5,5
Qattiqligi 31-57 HRC
e
bo‘lgan toblanmagan va
toblangan po‘lat
zagatovkalarga va
cho‘yanlarga zarbasiz
ishlov berish
Bor nitridi asosidagi o‘ta qattiq materiallar silindr shaklida hamda uchqirrali,
kvadrat, romb ko‘rinishlarida ishlab chiqariladi
57
1.7-jadval.
Materiallar
Ishlov berish turi
qora
toza
Finshili
Alyuminiy va
uning qotishmalari
Magniy va uning qotishmalari
Tarkibida kremniy bo‘lgan rangli qotishmalar
mis, latun, bronza
Volframli qattiq qotishmalar
Keramika
Plastmassa
va rezina
Steklovolokno
Oltin, kumush, platina Yog‘och asosidagi
materiallar
Tabiy toshlar
Ko‘pkompozitsionli materiallar
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
Kurt Eberle (GFP) firmasi ma'lumotlariga qaraganda polikristall sintetik
olmosli keskichlar bilan alyuminiy Ae, marganets Mn, kremniy Si kabi
materiallarga ishlov berishda 99,5% operatsiyada ishlatilgan (umumiy
operatsiyalar soni ichida). Rangli metallarga ishlov berishda esa bunday qotishmali
keskichlar chidamliligi, qattiq qotishmali keskichlar chidamliligiga nisbatan 100
martaga ortib, zagotovkani aylanishlar soni 3000 ob/min dan ortiq bo‘lganda,
kesish tezligi, o‘zining optimal kattaligiga ega bo‘lgan. [5].
Polikristall sintetik olmoslar kamchiliklariga qattiq qotishmalarga nisbatan
qimmatligi va
mustahkam emasligidir, ko‘rsatilgan kamchiliklar bunday
materiallarni sanoatda keng qo‘llanilishiga xalaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: