Subsidiyalar
–
bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida
ma’lum bir shartlarga ko’ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan
berilgan yordam summasi. Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli
nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamg'armalar tomonidan muhim dasturlarni
amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin.
A’zolik badallari
–
bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq
belgilangan a’zolik badallari summasi. Yig’ilgan a’zolik badallari jamiyatning
faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik
badallari uning qarzlarini qoplashga yo’naltiriladi.
Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari-
bu davlat qonunlari
asosida korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish
natijasida to’plangan mablag’lar majmuasi. Ushbu maqsadli tushumlarning
hisobi maxsus Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |