1. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanish tarixi.
Hozirgi kunda respublikamizda juda ko‘plab filial va mini banklarga ega
bo‘lgan keng tarmoqli 31 ta tijorat banklari Markaziy bank boshchiligida faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda. Bu tijorat banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga
tegishli bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalar hamda yuridik maqomga ega
bo‘lmagan tadbirkorlar va barcha jismoniy shaxslarga xizmat ko‘satadi. Banklar
tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tegishli bo‘lgan turli mulkchilik
shakllaridagi korxona, tashkilot, muassasalar, tadbirkorlar, dehqon va fermer
xo‘jaliklariga hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida banklararo munosabatlar
vujudga keladi.
Chunki, har doim ham bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir bank mijozi
bo‘lavermaydilar. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (aylanmalar)
orqali olib boriladi. Banklararo aylanmalarning mazmuni shundan iboratki, bunda
bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning hisobvarag‘idan boshqa bank
xizmatidan foydalanuvchi korxonaning hisobvarag‘iga hujjatda ko‘rsatilgan
summa buxgalteriya yozuvlari orqali o‘tkaziladi.
Demak,
bir-birlari
bilan hisob-kitoblarni
yurituvchi
korxonalarning
hisobvaraqlari turli banklarda ochilganligi ikkita bank o‘rtasidagi hisob-kitoblarni
yuzaga keltiradi. Agar o‘zaro aloqada bo‘lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank
xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo aylanmalar vujudga kelmaydi. Unda
pul o‘tkazish operatsiyalari bir bankning o‘zida amalga oshiriladi.
Operatsiyalarni
boshlagan
bankdagi
aylanmalar
boshlang‘ich
bank
aylanmalari deyiladi. Operatsiyalarni tugallagan bankdagi aylanmalar yakuniy
aylanmalar deyiladi. Har bir boshlang‘ich aylanmaga yakuniy aylanma mos kelishi
shart. Bu banklar o‘rtasida operatsiyalar yakunlanganini bildiradi.
113
Mustaqillik yillarida yangi bank tizimi barpo etilishi munosabati bilan
banklararo hisob-kitoblarga ham o‘zgarishlar kiritildi, progressiv usullar izlab
topildi, yangi dasturlar yaratildi va takomillashtirib borildi. 1995-yilda Markaziy
bank tomonidan hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy
bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil etish haqida qaror qabul
qilindi. 90-yillarning boshlarida tashkil etilgan kliring markazlari tugatildi. Pochta
orqali jo ‘natiladigan ogohnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi
“elektron pochta” to‘lov tizimi joriy etildi.
2002-yildan boshlab respublika bank tizimida yana katta o‘zgarishlar bo‘lib,
banklararo hisob- kitoblar yagona vakillik hisobvarag‘i asosida tashkil etila
boshlandi. Hududiy hisob-kitob Markazlarining faoliyati tugatilib, faqat Toshkent
shahar Hisob-kitob Markazi faoliyati saqlab qolindi. Hozirgi kunda turli tipdagi
banklar o‘rtasidagi banklararo hisob-kitoblar aynan Toshkent shahar Hisob-kitob
Markazi orqali amalga oshiriladi. Bir tipdagi bankka tegishli bo‘lgan barcha
operatsiyalar bosh bankning yagona vakillik
hisobvarag‘i
orqali
o‘tkazila
boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |