1-chizma bayoni
Iqtisodiyotning doimiy va bosh muammosi ehtiyojlarning cheksizlish va iqtisodiy
resurslarning cheklanganligadir.
Bu muammoni to'g'ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish
zarurdir. Yuqorida aytib o'tganimizdek, inson yashamog'i uchun, eng avvalo, oziq-ovqat, kiyim-
kechak, uy-joy, uy-ro'zg'or buyumlari, transport hamda isitish va yoritish vositalari zarurdir.
Bundan tashqari, inson kamol topmog'i uchun o'qib, bilim olishi, kasb o'rganishi, malaka egallashi
va davolanishi, dam olishi, tomoshalar ko'rishi, turli xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda ko'p
hayotiy narsalarga ehtiyojmanddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |