Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida
tovar sifatidagi mehnat vositalari va
materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xom ashyo, yoqilg'i va
materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda ko'tarasiga (ulgurji) sotiladi. Resurslar
bozoridagi tovarlar shaxsiy iste'molga emas, ishlab chiqarish iste'moliga xizmat qiladi, ya'ni ishlab
chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha subyektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste'mol tovarlari va resurslar
bozori orqali ancha to'liq va yorqin namoyon bo'ladi. Shu sababli bozorning ikki turi va ularning
subyektlari o'rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko'rgazmali tavsifini keltiramiz.
Rasm bor
1-rasm. Iste'mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o'rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: |