I iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish uslubi


Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish ayirboshlash va pul muomalasi qonun-



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/372
Sana08.01.2022
Hajmi2,55 Mb.
#333457
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   372
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish ayirboshlash va pul muomalasi qonun-
qoidalari  asosida  tashkil  etiladigan  va  boshqariladigan  iqtisodiy  tizimdir. 
Bunday  iqtisodiyot 
erkin  tovar  —  pul munosabatlariga  asoslanadi,  uning  negizida  tovar  va  pulning  turli  shakllardash 
harakati  iqtisodiy  monopolizmni  inkor  etadi.  Hozirgi  iqtisodiy  nazariyalarda  bozor  iqtisodiyoti 
deganda  etadi,  zamon  bozor  xo'jaligi  subyektlari  iqtisodiy  xatti-harakatlarining  erkin,  mustaqil 
ravishda  yuz  berishi  va  ularning  tovar  pul  mexanizmi  orqali  bir-biriga  bog'lanib  muvofiqlashuvi 
tushuniladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab 
chiqish,  ayirboshlash,  taqsimlash  va  iste'mol  jarayonlarini,  hamda  iqtisodiy  munosabatlarning 
barcha subyektlarini qamrab oladi. 
 
Bozor  iqtisodiyoti  subyektlari  tarkibiga  tadbirkorlar  ham,  o'z  mehnatini  sotuvchi  ishchilar 
ham,  pirovard  iste'molchilar,  ssuda  kapitali  egalari  va  qimmatli  qog'ozlar  egalari  ham  kiradi. 
Odatda,  bozor  xo'jaligining  barcha  asosiy  subyektlari  uchta  guruhga  bo'linadi:  uy  xo'jaliklari, 
korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. 
 
Uy  xo'jaliklari  —  iqtisodiyotning  iste'molchilik  sohasida  faoliyat  qiluvchi  asosiy  tarkibiy 
birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yaratilgan 
tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish 
omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
 
Tadbirkorlik  sekgori  bu  daromad  (foyda)  olish  maqsadida  amal  qiluvchi  iqtisodiyotning 
birlamchi bo'g'inlaridir. U ish yuritish uchun o'z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni 
taqozo  etadi,  bu  kapitaldan  olingan  daromad  ishlab  chiqarish  faoliyatini  kengaytirish  uchun 
sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo'jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi. 
 
Davlat  -  foyda  olishni  maqsadi  qilib  qo'ymagan,  asosan  iqtisodiyotni  tartibga  solish 
vazifasini amalta oshiradigan, har xil budjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo'ladi. 
 
Har  qanday  bozor  iqtisodiyotini  tartibga  solish  mexanizmi  asosan  to'rtta  tarkibiy  qismdan 
iborat bo'ladi: baho, talab va taiif hamda raqobat. 
 
Baholar  nisbati  o'zgarib  turadi,  shuning  uchun  baho,  ishlab  chiqaruvchi  uchun  ishlab 
chiqarish hajmining o'zgarishi 
;
zarurligini aniqlashda yo'l ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Talab va 
taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o'zgarishlar, o'z navbatida, baholardagi o'zgariisharni keltirib 
chiqaradi. 
 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
 
Turli  shakllardagi  mulkchilikning  mavjud  bo'lishi  va  unda  xususiy  mulkchilikning  ustun 
turishi; 
 
Tadbirkorlik va tanlov erkinligi. 
 
Raqobat kurashning mavjudligi. 
 
Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi. 
 
Korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o'zgarishlariga moslashuvchanligi. 
 
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor 
iqtisodiyotinin  mazmuni  va  belgilari  haqida  gap  borganda  bu  iqtisodiyotnin  tarixda  tarkib  topgan 
ikki  turini  bir-biridan  farq  qila  bilish  zarurdir.  Uning  birinchi  ko'rinishi  uzoq  vaqt  davomida 


shakllanib,  g'arbdagi  rivojlangan  mamlakatlarda  XIX  asrnin  oxirlarigacha  davom  etib  keldi.  U 
iqtisodiy adabiyotlarda 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish