Asosiy tayanch tushunchalar
Ishchi kuchini takror hosil qilish -
insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini
uzluksiz qayta tiklash va ta'minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib
borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o'sishini ta'minlash, qarigan ishchilar o'rnini bosadigan
yosh ishchilar avlodini yetishtirish demakdir.
Ishsizlik
— mehnatga layoqatli bo'lib, ishlashni xoxlagan, lekin ish bilan ta'minlanmagan
ishchi kuchi.
Friksion ishsizlik
— malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o'rinlar bo'shashini
kutayotganlar.
Tarkibiy ishsizlik
— ishlab chiqarish va yalpi talab tarkibidagi o'zgarishlar natijasida
vujudga keladigai ishsizlik.
Siklik ishsizlik -
iqtisodiy siklning inqiroz fazasi ilan bog'liq ravishda vujudga keladigan
ishsizlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |