2-§. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklifga ta'sir qiluvchi omillar
Taklif ishlab chiqaruvchi ma'lum vaqt ichida ishlab chiqarishga qodir bo'lgan narxning har bir darajasida bozori sotishga chiqaradigan mahsulotlar miqdorini ko'rsatadi. Narx o'zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o'zgarishi sababli talab kabi
taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo'ladi. Bu alohida ishlab chiqaruvchi uchun 5
— jadvalda ko'rsatilgan.
5-jadval
Alohida ishlab chiqaruvchining mahsulot taklifi
1 kg un narxi (so'm)
Haftalik taklif qilinadigan un
miqdori (kg)
50
40
30
20
10
60
50
35
20
5
Taklif har xil narxlarda sotishga qancha miqdorda mahsulot chiqarilishini ko'rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovar (taklif) miqdori
ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.