3.
G’aznachilik hisobraqamlaridan byudjet xarajatlarini to’lash
Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan pul mablag’lari o’tkazilishi
quyidagi talablarga asoslangan to’lov topshiriqnomalari bilan G’aznachilik
organlari tomonidan amalga oshiriladi:
moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetalari asosida
va byudjet mablag’lari bo’yicha byudjetdan mablag’ oluvchilarning bank
hisobraqamlarida mavjud bo’lgan, xarajatlarning tegishli guruhlari bo’yicha
byudjet mablag’lari qoldiqlarining summalari doirasida;
agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa moliya organida
ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari
summasidan oshmasa;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilishini va byudjetdan mablag’
oluvchining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobvaraq-
fakturalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchi
zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini
yuklaydigan hujjatlar bo’lganida;
etkazib beruvchining to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan nomi va
rekvizitlari etkazib beruvchining shartnomada ko’rsatilgan nomi va
rekvizitlariga muvofiq bo’lsa;
to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari to’g’ri
ko’rsatilgan bo’lsa.
Etkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash
bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun
byudjetdan mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:
a)
besh nusxada,
agar G’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib
beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilsa:
-
birinchi nusxasi
- byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov
topshiriqnomasining nusxasi - byudjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik
bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;
-
ikkinchi nusxasi
- G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi
va bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun
asos bo’ladi;
-
uchinchi nusxasi
- bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi
bilan mahsulot etkazib beruvchiga beriladi;
-
to’rtinchi nusxasi
- bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi
bilan g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik
bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa
xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi;
-
beshinchi nusxasi
- G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN”
belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan holda byudjetdan mablag’ oluvchining
shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda byudjetdan mablag’
oluvchining vakolatli xodimiga beriladi.
b)
to’rt nusxada,
agar G’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib
beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat ko’rsatilsa:
-
birinchi nusxasi
- byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov
topshiriqnomasining nusxasi - byudjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik
bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;
-
ikkinchi nusxasi
- G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi
va bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun
asos bo’ladi;
-
uchinchi nusxasi
- bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi
bilan g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik
bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa
xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi;
-
to’rtinchi nusxasi
- G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN”
belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan holda byudjetdan mablag’ oluvchining
shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda byudjetdan mablag’
oluvchining vakolatli xodimiga beriladi.
v)
uch nusxada,
agar G’aznachilik bo’linmasi hamda unga xizmat ko’rsa-
tuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa:
-
birinchi nusxasi
- byudjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov
topshiriqnomasining nusxasi - byudjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik
bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;
-
ikkinchi nusxasi
- G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi
tomonidan imzolanadi, G’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi
va g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos
bo’ladi.
-
uchinchi nusxasi
- G’aznachilik bo’linmasining “To’langan” belgisi
bilan va to’langan sana qo’yilgan holda byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda byudjetdan mablag’ oluvchining
vakolatli xodimiga beriladi.
Moliya organlari byudjetdan mablag’ oluvchi taqdim etgan hujjatlarni
ularning talablarga muvofiqligi masalasida tekshiradilar. Byudjetdan mablag’
oluvchilar taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar Nizom talablariga muvofiq
kelmasa, moliya organi ularni byudjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov
topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik
sabablarini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |