Keys-stadi
Kirish
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillaridan e’tiboran, moliya, bank,
soliq tizimidagi boshlangan islohotlar davom etmoqda. Bugungi kunda byudjet-
soliq siyosati borasida olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida byudjet
daromadlari va xarajatlarining muvofiqligini ta’minlash hamda ularning
samaradorligini oshirish masalalarini hal etish taqozo etilayotgan dolzarb
masaladir. Zero, iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi
jarayoni byudjet-soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo
etiladi.
Davlat byudjeti mablag’lari respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish
dasturlarini
moliyalashtirishning
asosiy
manbasi
hisoblanadi.
Bozor
iqtisodiyotiga o’tish davrining xarakterli tomoni shundaki, moliyaviy
resurslarning, jumladan, davlatning moliyaviy resurslarining cheklanganligidir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning moliyaviy resurslarni
boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli respublikamizda Davlat
byudjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga o’tish zaruriyati paydo
bo’lmoqda. Respublikamizda bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan bir
paytda davlatning doimiy iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ekologik
vazifalarini bajarishi uchun markazlashgan moliyaviy mablag’larga ega bo’lish
zaruriyati kuchayib boradi. Ilmiy asoslarga tayangan byudjet siyosatining asosiy
yo’nalishlari moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirishni barqarorlashtirish maqsadida, davlat
ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirish kerak.
O’z navbatida bu vazifalarni amalga oshirish uchun moliyaviy iqtisodiy
barqarorlik,
qonunchilik
asoslarini
yaratish,
aholi
jamg’armalarini
rag’batlantiruvchi samarali soliq siyosatini yuritish, davlatning moliyaviy
mablag’larini samarali boshqaruv tizimi zarur.
Ushbu Keys orqali biz davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali
boshqarishni ta’minlovchi texnologiyalarini tanlash masalasini ko’rib chiqamiz.
Nazariy jihatdan o’rganilgan bilimni endi amalga tadbiq qilamiz. Ya’ni berilgan
aniq masalani echish uchun ma’lumotlar asosida masalani modelini tuzamiz va
masalani echishni aniq qadamlarini ko’rib chiqamiz. Biz muammoli vaziyatning
echimini topamiz.
Taklif qilinayotgan keysni echimini topish quyidagilarga erishish imkonini
beradi:
mavzu buyicha mavjud bilimlarni mustahkamlash;
muammoni tahlil qila bilish va qaror qabul qila bilish imkoniyatlarini
rivojlantirish;
332
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
mustaqil qaror qabul qilish ilmini egallash;
fan ma’lumotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish;
nomaqbul variantlardan voz kechishni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |