291
4-MAVZU.
G’AZNACHILIK FAOLIYATINING XORIJ TAJRIBALARI
“Sinkveyn” (5 qator) texnikasi
Maqsad - kategoriyaga xarakteristika berish
Sinkveyn sxemasi:
1-qator - tushuncha;
2-qator - tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;
3-qator - ushbu tushuncha vazifalari to’g’risidagi 3 ta fe’l;
4-qator - ushbu tushuncha mohiyati to’g’risidagi 4 so’zdan iborat so’z
birikmasi;
5-qator - ushbu tushuncha sinonimi.
Blits-so’rov uchun savollar
1.
Rivojlangan davlatlar g’aznachiligining o’ziga xos xusuiyatlari nimada?
2.
AQShda davlat byudjeti g’azna ijrosini qay tartibda tashkil etilgan?
3.
Frantsiyada g’aznachilik faoliyati qanday?
4.
Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi G’aznachiligi
5.
Rivojlangan davlatlarda davlat byudjeti ijrosida g’aznachilikning o’rni
qanday?
6.
G’aznachilik faoliyatining huquqiy asoslari yuzasidan rivojlangan
davlatlar tajribasi
295
5-MAVZU.
G’AZNACHILIK YAGONA G’AZNA HISOBRAQAMINI
YURITISH
Mustaqil ish uchun mavzular
1.
Respublika va hududiy g’azna hisobraqamlarining mazmuni,
tayinlanishi va yuritilish tartibi.
2.
Yagona g’azna hisobraqamiga o’tishning afzalliklari.
3.
Byudjet daromadlarini yagona g’azna hisobraqamida yuritish tartibi.
4.
Byudjet xarajatlarini yagona g’azna hisobraqamidan to’lab berish
tartibi.
Mustaqil o’rganish uchun topshiriqla
r
1.
Yagona g’azna hisobraqamida daromadlarni kirim qilish va xarajatlarni
to’lash tartibini aks ettiruvchi chizma tayyorlang va ularni izohlovchi
xulosa yozing.
2.
Respublika va hududiy g’azna hisobraqamlaridan yagona g’azna
hisobraqamiga o’tish davrida amalga oshirilgan tadbirlar va qabul qilingan
me’yoriy hujjatlar sharhini keltiring.
3.
Davlat byudjeti yagona g’azna hisobraqamini yuritishning jahon
tajribalarini o’rganing va xulosalaringizni mustaqil ta’lim daftaringizda aks
ettiring.
Test savollari
1.
Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilgan byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari mablag’lari qaerda aks ettiriladi?
I.
Byudjet tashkilotlarining daromadlarida
J.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi bo’yicha hisobotlarida
K.
Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarida
L.
Byudjet tashkilotlarining hisobvaraqlarida
296
2.
Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilgan davlat byudjetiga
to’lanadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar qaerda
aks ettiriladi?
I.
Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, mahalliy
byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarida
J.
Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarida
K.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi bo’yicha hisobotlarida
L.
Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, mahalliy
byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari xarajatlarida
3.
G’aznachilik qaerda yagona g’azna hisobvaraqdan tashqari boshqa
bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega?
E.
Boshqa banklarda
F.
Hech qaerda
C. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida
D. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida
4.
Yagona g’azna hisobvarag’i belgilangan tartibda G’aznachilik
tomonidan qaerda ochiladi?
I.
Tijorat banklarida
J.
Federal rezerv tizimida
K.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida
L.
Moliya vazirligi G’aznachiligida
5.
Yagona g’azna hisobvarag’idan kimlarning xarajatlari to’lanadi?
I.
Davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy
shaxslarning xarajatlari, davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari
J.
Davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari
K.
Davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan jismoniy shaxslarning
xarajatlari
L.
Davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik shaxslarning xarajatlari
6.
Yagona g’azna hisobvarag’iga qaysi mablag’lar kiritiladi?
297
I.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari
J.
Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgarmalari mablag’lari
K.
Davlat
byudjeti,
davlat
maqsadli
jamgarmalari
hamda
byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari
L.
Tashkilotlarning o’z mablag’lari
7.
Yagona g’azna hisobvarag’i qanday hisobvaraq hisoblanadi?
I.
Shaxsiy hisobvaraq
J.
G’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i
K.
Hududiy moliya bo’linmalari tomonidan boshqariladigan hisobvaraq
L.
Tashkilotlarning shaxsiy hisobvarag’i
Do'stlaringiz bilan baham: