“Budjet hisobi” kafedrasi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

bajarilgan  ish  va  ko’rsatilgan  xizmatlar  uchun  bevosita  to’lovlarni  amalga 

oshirilishni  g’aznachilik  amalga  oshiradi  va,  bunda  budjet  mablag’laridan 

maqsadli foydalanishni ta’minlaydi”

1

 

 



Xalqaro  Valyuta  Fondi  ekspertlari  Barri  Poter  va  Jek  Daymondlarning 

ta’riflarishicha: 



“Davlat moliyasini boshqarish maqsadida integrallashgan axborot tizimi – 

yoki g’aznachilik tizimi  – bu to’lovlar, hisobot va moliya boshqaruvini amalga 

oshiruvchi  tizimki  unga  moliya  vazirligi,  g’aznachilik,  tarmoq  vazirliklari  va 

budjet tashkilotlari bevosita bog’lanish huquqiga egadir”

2

 

 



      

Davlat  budjeti  g’aznachilik  ijrosi,  yana  bir  ta’rifga  ko’ra,    ijroiya  organi 

tarafidan  budjet  mablag’larini  jalb  qilish  va  sarflanishini  ta’minlaydi,  bunda, 

ushbu  organ  maxsus  vakolatlariga  ko’ra  tushumlar  ro’yxati  bo’yicha,  Yagona 

Hisobraqamidan  amalga  oshiriladigan  to’lovlar  va  zimmasidagi  budjet 

majburiyatlarining vaqti va hajmini tartibga soladi

3

.

 

Xorijiy  mamlakatlar  G’aznachilik  bo’yicha  o’tkazilgan  taqqoslashdan 



ko’rinib  turibdiki,  budjetning  banklar  orqali  ijrosi  sharoitida  budjet 

mablag’larining  bosh  taqsimlovchisi  -  Moliya  Vazirligining  budjet 

mablag’larining  tezkorligi  ta’minlashda,  davlat  budjetinig  daromad  qismiga 

tushadigan  mablag’larining  kuzatishda  ham,  budjet  oluvchi  tashkilotlarga 

mablag’larni  taqsimlab  etkazish  borasida  ham  funktsiyalari  chegaralangan  edi. 

Budjet  ijrosining  g’azna  tizimida  bosh  taqsimlovchisi  barcha  mablag’larni 

Yagona  g’azna  hisobvarag’iga  tushgan  vaqtdan  mablag’  oluvchiga  bu  summa 

to’langunga qadar shafofligini ta’minlash imkonini bu tizim kengaytiradi. Barcha 

mablag’larining  Yagona  g’azna  hisobvarag’iga  tushishini  tartibga  solib  turadi, 

ulardan  vaqt  tejash  bo’yicha  foydalanishning  eng  qulay  variantini  tanlaydi. 

Buning hisobiga Davlat budjeti ijrosi samaradorligini keskin oshiradi. 

 

          Buni  o’zlashtirish  uchun  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  budjetning 



g’aznachilik ijrosida turli malakaga ega, davlat boshqaruvi va mahalliy boshqaruv 

tizimlarining  turli  pog’onalarida  ishlayotgan  mutaxassislar  faol  qatnashadi. 

Davlat budjetining g’aznachilik ijrosiga doir asosiy tamoyillar, budjet ijrosi bilan 

                                                           

1

Ivanova N. G., Makovnik T.D., Kaznacheyskaya sistema ispolneniya byudjetov. «Piter»Sankt-Peterburg. 2001. str.29



 

2

Barry Potter, Jack Diamond. Building Treasury Systems. 1999 r6.



 

3

Rudovol I. P. Pravovoe regulirovanie kaznacheyskogo ispolneniya byudjeta. // Finansi. № 8, 2009. str. 25.



 


201 

 

bog’liq  jarayonlarni  va  harakatlarda  shu  tizim  qatnashchilari  tamoyillarga  rioya 



qilishni  o’zaro  kelishib  olinmagunga  qadar,  tizim  faoliyatining  samarasi  yuqori 

bo’la  olmaydi.  Shu  nuqtai  nazardan  bu  tizimga  umumiy  va  tushunarli  yagona 

tamoyillar joriy qilinmasa turli muammolarni olib kelishi mumkin. Bu vaziyatda 

budjetning g’azna ijrosida  quyidagi tamoyillar keltiriladi: 

1. Budjetning g’aznachilik ijrosiga doir eng muhim tamoyil - daromadlar va 

harajatlar  Yagona  kassadan  amalga  oshirilishi.  Bunda  budjet  takchiligini  yopish 

uchun budjet tushumlari va budjetning barcha daromadlari Yagona G’aznachilik  

hisobidan amalga oshiriladi.  

2.  Ikkinchi  muhim  tamoyil  -  Davlat  budjeti  ijrosining  hisoboti  va 

buxgalteriya  hisobini  umumiy  (yagona)  tasnifga  asoslangan  tizimini  yaratilishi. 

Bu tamoyil Davlat  budjeti g’aznachilik ijrosi tizimini o’zida mujassamlashtirgan 

hisobotlar va shu jarayonga tegishli barcha standartlarni joriy qilinishini bildiradi. 

Bunga  davlat  budjeti  ijrosi  bo’yicha  hisob  va  hisobotlar,  davlatning  budjetdan 

tashqari  maqsadli  fondlari,  uzoq  muddatli  dasturlari,  budjet  tashkilotlarining 

budjetdan  tashqari  jalb  qilingan  mablag’lari  kiradi.  Bu  borada  tashkilotlarning 

yagona  buxgalteriya  hisobi  standartlari  va  hisobotlari  faqatgina  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligida  emas  balki  budjet  tashkilotlarida 

ham  yagona  budjet  tasnifi,  buxgalteriya  hisobi  plan  schyotlari  va  buxgalteriya 

hisobi hujjatlari bilan amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Bu tamoyil g’aznachilik 

organlari va budjet tashkilotlaridan tashqari, yagona tasnifga asoslangan hisob va 

buxgalteriya hisobi tizimi soliq va bojxona organlaridan tushadigan davlat budjeti 

daromadlari,budjetdan tashqari fondlarning daromadlariga tushadigan mablag’lar, 

daromadlarni mahsus yig’uvchilarga hamda davlatning maqsadli jamg’armalarini 

taqsimlovchilarga qo’llaniladi. 

3.  Budjet  ijrosining  banklar  oraqali  amalga  oshiriluvchi  kassali  ijrosidan 

farqli ravishda g’aznachilik tizimida budjet ijrosida tushumlarning Yagona g’azna 

hisobraqamiga kelib tushishidan oxirgi pul mablag’larni oluvchiga etib borgunga 

qadar  kuchli  moliyaviy  nazorat  qilinishini  ta’minlanadi. Bu  “tiniqlik”  tamoyilini 

amalga  oshirish  imkonini  yaratadi.  Jamiyatni  demokratiyalashtirish  va  fuqarolik 

jamiyati  tarraqqiyoti  natijasida,  siyosiy  partiyalar,  turli  harakatlar  va  nodavlat 

tashkilotlari  davlat  budjetini  rejalashtirish  jarayonida bir-birlari  bilan  muhokama 

qilishi  va  dolzarb  yo’nalishlarni  aniqlash  jarayonida  mazkur  tamoyildan 

foydalanishlari tarraqiy etgan davlatlarda tabiiy hol. O’zbekiston Respublikasida 

“tiniqlik” tamoyilini amalga oshirish budjet jarayoni uchun asos bo’lib, qolaversa, 

davlat  budjeti  mablag’larining  samaradorligi  oshishiga  hizmat  qilish  imkonini 

beradi.  Shu  bilan  birga,  shuni  e’tiborga  olish  kerakki,  alohida  ekspertlar  va 

xalqaro  tashkilotlar  “tiniqlik”  tamoyili  ma’nosida  Davlat  budjeti  ijrosini  boshqa 

davlatlar budjet ijrosi bilan solishtirishga urinib, haqqoniylikka erishadi. 

O’zbekistonning 

iqtisodiy 

islohotlari 

“shok 


terapiyani” 

o’zida 


mujassamlashtirmagan,  islohotlar  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilib,  oldingi 

bosqichning  samarali  amalga  oshirilishiga  qarab,  aholini  maksimal  ijtimoiy 

himoyalagan  holda  amalga  oshirishi  tamoyili  asosida  o’zgarishlar  bo’lmoqda. 

Lekin,  rivojlangan  va  qo’shni  davlatlarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  va 




202 

 

budjet bilan bog’liq hal qilinayotgan masalalar, bizning mamlakatimizdagi Davlat 



budjeti maqsadlaridan sezilarli farq qilinishini inobatga olishimiz kerak. Hattoki, 

erkin va dekmokratik hisoblangan davlatlarda davlat budjetining ba’zi 




Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish