2. Respublika va hududiy g’aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi
“Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari”ga ko’ra respublika va
hududiy g’azna hisobvaraqlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti,
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna
ijrosini amalga oshirish tartiblari belgilab berildi. Unga ko’ra, davlat byudjetiga
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar banklar tomonidan o’rnatilgan tartibda qabul qilinadi va 23402 (005)
“Respublika byudjetining mablag’lari” hisobvarag’iga kirim qilinadi hamda
183
belgilangan me’yorlarga muvofiq, banklarda ochilgan tegishli byudjetlarning
g’azna hisobvaraqlariga ajratiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari to’lovi moliya yili uchun
ajratilgan byudjet mablag’lari doirasida tasdiqlangan (aniqlangan) xarajatlar
smetalari, shuningdek 2007-son Qoidalarga muvofiq ro’yxatga olingan,
byudjetdan mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchilar bilan tuzgan
shartnomalari asosida:
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha —
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi yoki uning hududiy
bo’linmalari tomonidan Qoidalarda belgilangan tartibda;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha — O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G’aznachiligining hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga
oshiriladi.
Respublika
g’azna
hisobvarag’i
.
Respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan barcha byudjetdan mablag’ oluvchilar g’azna ijrosi bilan
to’liq qamrab olingunga qadar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligiga Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-
kitob kassa markazida (HKKM) 23402 (006) balans raqami bilan Respublika
g’azna hisobvarag’i (RG’H) ochiladi.
RG’H ga respublika byudjetining g’azna ijrosi bilan qamrab olingan
byudjetdan mablag’ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun
mablag’lar HKKM da 23402 (005) hisobvarag’i bilan ochilgan respublika
byudjetining asosiy hisobvarag’idan tushadi.
RG’H dagi mablag’lar taqsimlovchisi O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G’aznachiligi hisoblanadi.
Respublika byudjetidan moliyalashtirishni amalga oshirish uchun ajratilgan
byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchisi hisoblangan byudjetdan mablag’
oluvchilar,
O’zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining
tarmoq
boshqarmalariga byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab olingan har bir
byudjetdan mablag’ oluvchi bo’yicha sertifikat summasining yoyilmasini ilova
qilgan holda, shuningdek byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab olinmagan, quyi
turuvchi byudjetdan mablag’ oluvchilarga mablag’larni o’tkazish uchun byudjet
mablag’lari bosh taqsimlovchilarining byudjet depozit hisobvaraqlariga
o’tkazilishi lozim bo’lgan qismi bo’yicha mablag’larni RG’H ga o’tkazish uchun
rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadilar.
Tarmoq boshqarmalari byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim
qilingan tayinlash sertifikatlarini o’rnatilgan tartibda tekshirganlaridan so’ng,
184
ularni ijro uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti
Bosh boshqarmasiga (DBBB) taqdim etadi.
DBBB byudjetdan mablag’ oluvchilarning tayinlash sertifikatlari asosida
respublika byudjetining asosiy hisobvarag’idan RG’Hga mablag’ o’tkazish uchun
to’lov topshiriqnomalarini o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va ularni
HKKMga ijro uchun taqdim qiladi.
23402 (005) hisobvarag’idan respublika g’azna hisobvarag’iga mablag’lar
o’tganligini tasdiqlovchi HKKMdan shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirmalar
olinganidan so’ng, DBBB ijro etilgan tayinlash sertifikatlarining birinchi
nusxalarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligiga taqdim
etadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar (moliyalashtirish saqlangan sharoitda -
RG’Hda moliyalashtirilgan mablag’lar mavjud bo’lganda) O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligiga RG’Hdan mablag’larni mahsulot
etkazib beruvchilarning bevosita bank hisobvaraqlariga yoki qonunchilikda
nazarda tutilgan maqsadlarga o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalarni qoidaga
ko’ra, mablag’larni o’tkazish sanasidan bir kun oldin taqdim etadi.
Respublika byudjeti qaramog’ida bo’lgan byudjetdan mablag’
oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari (ota-onalarning maktabgacha
ta’lim muassasalarida bolalarni saqlash uchun to’lovlari, ota-onalarning musiqa
va san’at maktablarida bolalarni o’qitish uchun to’lovlari, maktabgacha ta’lim
muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan tushumlar, shuningdek
ijtimoiy ta’minot organlaridan byudjet tashkiloti xodimlariga pensiya va ijtimoiy
nafaqa to’lash uchun tushgan mablag’lar) o’rnatilgan tartibda RG’Hga kirim
qilinadi.
Joriy yilda byudjetdan mablag’ oluvchilarning joriy moliya yili uchun
kelib tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali
RG’Hga kirim qilinadi (byudjetdan mablag’ oluvchilarning shartnomalar
tuzmasdan amalga oshiriladigan to’lovlari bo’yicha yuridik va moliyaviy
majburiyatlar).
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning o’tgan yilgi debitorlik qarzlarining
joriy moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni,
asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo’yicha
kelib tushgan summalar RG’Hga kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar
byudjetdan mablag’ oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami
(ShHR) bilan ochilgan, 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag’lari”
daromadlar tranzit hisobvaraqlari orqali respublika byudjetining daromadlariga
o’tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
RG’H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko’chirmalar RG’Hda operatsiyalar
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi, birlamchi to’lov hujjatlarining asl va
185
ko’chirma nusxalari ilovalari bilan, shuningdek naqd pul mablag’larini berish
uchun 23212 “Moliya vazirligi G’aznachiligi mablag’lari” va 23214
“G’aznachilikning hududiy bo’linmalari mablag’lari” hisobvaraqlaridan
ko’chirmalar ularga ilovalar bilan, tegishli ravishda, HKKM va tegishli xizmat
ko’rsatuvchi banklar tomonidan RG’Hda va 23212 “Moliya vazirligi
G’aznachiligi mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy bo’linmalari
mablag’lari” hisobvaraqlarida mablag’lar harakatining keyingi ish kunida doimiy
ravishda g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladi.
Respublika byudjeti qaramog’ida bo’lgan byudjetdan mablag’ oluvchilarni
g’azna ijrosi bilan to’liq qamrab olingandan so’ng, ularning xarajatlarini
respublika byudjetining asosiy hisobvarag’idan RG’Hga moliyalashtirish
to’xtatiladi va asosiy respublika byudjeti hisobvarag’i RG’H bilan birlashtiriladi.
Respublika byudjetining asosiy hisobvarag’i RG’H bilan birlashtirilgandan
so’ng, respublika byudjeti daromadlari 23402 (005) “Respublika byudjetining
mablag’lari” hududiy daromad tranzit hisobvaraqlaridan mablag’lar to’g’ridan-
to’g’ri RG’Hga kirim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |