Lot skeletos qurib qolgan -odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya



Download 143,24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi143,24 Kb.
#332687
Bog'liq
Skelet - Vikipediya



Skelet

Skelet (lot. skeletos — qurib qolgan) —odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya

funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq

yoki kutikuladan iborat tashki S. rivojlangan. Tashqi kutikula S. chuvalchanglar va

boʻgʻimoyoqlilar uchun xos. Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar

koloniyasi umumiy S. — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor

korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki S. gʻovaktanlilarda rivojlangan boʻlib, ohak yoki

kremniy ninalardan iborat. Ignaterililar Si teri osti biriktiruvchi toʻqimasida joylashgan, ohak S.

mezodermada hosil boʻladi. Boshoyoqli mollyuskalaroA bosh miyani himoya qilib turadigan ichki

togʻay S. mavjud. Tuban xordalilar (bosh qutisizlar)ning ichki Si xordadan tashkil topgan.

Umurtkalilarning ichki Si juda murakkab tuzilgan boʻlib, bosh, tana, oʻq S. (xorda yoki umurtqa

pogʻonasi, qovurgʻalar) va oyoklar Sidan iborat. Toʻgarak ogʻizlilar va togʻayli baliklarning togay

Si hayoti davomida saqlanib qoladi. Suyakli baliklar va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar

Si voyaga yetgan davrida, asosan, suyaklardan tashkil topadi. Togʻayli baliklarda ichki togay S.

bilan birga plakoid tangachalardan iborat tashqi S. ham boʻladi. Suyakli baliklar va quruk^likda

yashovchi umurtqalilar tanasining oddingi kismi va boshidagi tangachalar bosh qutisi (kalla

suyagi) va yelka kamari suyaklari bilan birikib ketadi. Tangachalar qoldigʻi oyoqsiz amfibiyalar

tanasida va qorin qovurgʻalar shaklida gatteriyalar va timsohlarda saqlanib qoladi. Quruqlikda

yashovchi umurtqalilarda suyak tangachalar, yaʼni plastinkalar ikkilamchi holda timsohlar va

ayrim kaltakesaklarda paydo boʻladi; toshbakalar va sovutlilarda esa tashqi suyak sovut hosil

boʻlgan. Toshbaqalar sovuti (kosasi) umurtqa pogʻonasi va qovurgʻalar bilan qoʻshilib ketadi. S.

suyaklari va togʻaylar oʻzaro harakatchan, yarim harakatchan va harakatsiz birikishi mumkin.



Barcha umurtqalilar Si umumiy tartibda tuzilgan. Pekin yashash muhiti sharoiti S. tuzilishining

oʻzgarishiga olib keladi. Muhit sharoiti, ayniqsa, harakat organlari Sning tuzilishiga koʻproq taʼsir

qiladi. Chunki yurish, yugurish, sakrash, oʻrmalash, suzish, uchish kabi harakatlar Sning har xil

tuzilishi bilan bogʻliq. Turli xil harakatlanishga moslanish taʼsirida harakatlanish organlari S.dagi

ayrim suyaklar kuchli, boshqalari esa kucheiz rivojlanishi, ayrim suyaklar boshqalari bilan qoʻshilib

ketishi, baʼzan aksincha, suyaklar soni koʻpayib ketishi (mas, tovonkaft suyaklari) mumkin.

Ayrim hollarda harakat organlari butunlay yoʻqolib ketadi (oyoqsiz suvda va quruqlikda

yashovchilar, ilonlar, ayrim kaltakesaklar).

Odam Si 200 dan ortiq suyakdan iborat boʻlib, tuzilishi odamsimon maymunlarnikiga oʻxshaydi.

Odam Si odamsimon maymunlar Sidan kalla suyagi hajmining katta boʻlishi, oyoq va qoʻllar,

umurtqa pogʻonasi, chanoq suyagining boshqacha tuzilganligi bilan farq qiladi. Bunday farqtik

yurish va miya hajmining katta boʻlishi bilan bogʻliq. Erkaklar S.i oyoq va qoʻl suyaklarining

nisbatan yirikligi, chanoq suyaklari orasidagi teshik kichikligi, koʻkrak qafasining kengroq boʻlishi

bilan xotin-qizlar S.idan farq qiladi (qarang 

Odam



Kalla suyagi



Umurtqa pogʻonasi

). Sohib

Rustamov.



Odam skeleti

.


  Soʻnggi tahrir 3 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Biologiyada

 skelet atamasi ostida tananing qattiq tayanch tizimi tushuniladi. Baʼzi

umurtqasizlar

 (masalan, 

hasharotlar

) skeleti tanani ustidan qoplagani uchun 

ekzoskelet

 (tashqi

skelet), koʻpchilik 

umurtqalilar

 (masalan, 

sut emizuvchilar

) skeleti esa tana ichida boʻlgani

tufayli 

endoskelet

 (ichki skelet) deb ataladi. 

Odam


 skeleti (endoskelet) 206 

suyakdan


iboratdir.

Tayanch-harakatlanish tizimi (http://odam8.narod.ru/tayanch.htm)



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Skelet

&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Skelet&oldid=2001013

dan olindi



Adabiyotlar


Vikipediya

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 143,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish