Oilaning tipologiyasi
Oilaning ko‘plab tipologiyalari mavjud bo‘ladi: psixologik, pedagogik, sotsiologik.
Ijtimoiy pedagogning faoliyati vazifalariga kompleks tipologiyasi javob beradi, u jamiyatda
ijtimoiy moslashuvi darajasi bo‘yicha farq qiladigan oilaning to‘rt kategoriyadagi tiplarini
ajratishni ko‘zda tutadi.
1.
YUqori darajasi - mustahkam oilalar.
2.
O‘rtacha – xavfi bor oilalar guruxi.
3.
Past darajali – notinch (baxtsiz) oila.
4.
Juda past – asotsional oilalar.
Tinch, baxtli oilalar o‘z vazifalarini bajara oladilar. Ijtimoiy pedagog yordamiga deyarli
muhtoj emaslar. Bunday oilalar moslashish qobiliyatlari hisobiga, ya’ni moddiy, psixologik va
boshqa ichki imkoniyatlariga asoslangan qobiliyati hisobiga o‘z bolasining talab-ehtiyojlariga
tezlikda moslashib oladi va uni tarbiyalash va rivojlantirish masalarini muvaffaqiyatli hal etadi.
Muammolar paydo bo‘lgan hollarda ularga ijtimoiy pedagogning bir martalik yordami
(maslahati) etarli bo‘ladi.
Xavfi bor gurux oilalari qoidalardan bir qancha chetlanishi bilan ifodalanadi (to‘la
bo‘lmagan oila, kam ta’minlangan oila va shu kabilar). Bular oilaning moslashish qobiliyatini
pasaytiradi. Ular bolani tarbiyalash vazifalarini o‘zlarining ko‘p kuchlarini ishlatib bajaradilar,
shuning uchun ijtimoiy pedagog oila holatini kuzatib borishi kerak va kerak bo‘lganida o‘z
vaqtida yordamini taklif etishi zarur.
Notinch oilalar, bu hayot faoliyati biror-bir sohasida yoki bir vaqtda bir nechtasidan past
ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan oilalar. Masalan, oila daromadi past darajada, yomon psixologik
muhit, oilada madaniyat darajasi past. Bunday oilalar ularga yuklatilgan vazifalarni bajara
olmaydilar, ularning moslashish qobiliyatlari past, bolani oilaviy tarbiyalash jarayoni qayta
qiyinchiliklar bilan o‘tadi, natijasi kam bo‘ladi. Bunday turdagi oila uchun ijtimoiy pedagog
tomonidan faol va davomiyli yordam kerak bo‘ladi.
Asotsional oilalar – bu ota-onalari xulqi buzuq, qonunga xilof ravishda hayot
kechirayotgan oilalar va bu oilalarda yashash – turmush sharoitlari eng oddiy sanitar-gigienik
talablarga javob bermaydi. Bunday oilalarda odatda bolalar tarbiyasi bilan hech kim
shug‘ullanmaydi, bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och, yarim yalang‘och bo‘lib rivojlanishdan
ortda qoladilar. Ota-onalari tomonidan boshqalar tomonidan am jabrlanadilar, ijtimoiy
pedagogning bunday oilalar bilan ishlari huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda,
hamda vasiylik qilish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |