Asosiy tayanch tushunchalar:
Eksport
– tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import
– chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni
mamlakatga kiritish.
Reeksport
– qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni
o’z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport
– iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi
– xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo
bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi
–bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida
ifodalangan bahosi.
To’lov balansi
- mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat)
va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt oralig’ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan
barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |