Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/238
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#331957
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   238
Bog'liq
iqtisodiyotnazariyasi uzl 1d55d unlocked

6-jadval. 
 
Respublikada ishsizlik darajasi, 1995-2000 y
1

 
 Ko’rsatkichlar 
Yillar 
 
 
1995 1996 1997 1998 1999  2000  2002 
1.  Ishsizlar soni  
(ming kishi). 
31,0 33,9 35,4 40,1 45,2  42,0  40,3 
2.   Ishsizlik darajasi 
0,4 0,4 0,4 0,5 0,5  0,4  0,4 
 
 
2002 yilda Respublika bandlik xizmati muassasalariga ishga joylashtirish 
bo’yicha 448,2 ming kishi murojat qilgan bo’lsa, shu yili «Bandlik» dasturini bajarish 
doirasida 322,2 ming yangi ishchi o’rinlari vujudga keltirilgan 
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham 
hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki ishsizlikning o’zi haddan tashqari yuqori darajasi 
bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari, ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan 
taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha 
uchun etarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo’lmasa tovar ishlab 
chiqarish potentsial imkoniyatining bir qismi yo’qotiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo’qotish yalpi milliy maxsulot YaMM hajmining 
orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaMMning potentsial YaMMdan 
kam bo’lgan hajmi sifatida ko’rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, 
YaMM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo’ladi.  
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va 
YaMM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu 
nisbat G’arbda Ouken qonuni sifatida tanilgan bo’lib, agar ishsizlikning haqiqiy 
darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa, YaMM hajmining orqada 
qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko’rsatadi. 1:2,5 yoki 2:5 bo’lgan bu nisbat, 
ishsizlikning har qanday darajasi bilan bog’liq ravishda mahsulotning mutloq 
yo’qotilish hajmini hisoblash imkonini beradi. Masalan, faraz qilamiz, 2003 yil 
ishsizlik darajasi 7,5  foizga etgan yoki ko’zda tutilgan 4 foizli tabiiy darjadan 3,5 
foiz yuqori bo’lgan. Bu 3,5 foizni Ouken koeffitsientiga 2,5 ko’paytirib, shu yili 
                                                 
1
 Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi statistika departamenti ma’lumotlari.  


 
79
YaMM hajmining orqada qolishi 8,75 foizni tashkil qilishini aniqlaymiz. Boshqacha 
aytganda agar 2003 yil to’liq bandlilik sharoitida ishsizlikning tabiiy darajasi 
ta’minlanganda, YaMM haqiqiy darajasidan 8,75% ga ko’paygan bo’lur edi. Agar 
2003 yil nominal YaMM 330 mlrd. so’m bo’lgan deb faraz qilsak, ishsizlikning 
tabiiy darjasiga erishilmaganligi sababli iqtisodiyot 29 mlrd. so’mlik (330 *8,75) 
mahsulotni yo’qotgan bo’ladi. 
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potentsial hajmidan ortib 
ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past bo’lgan 
davrlarda ro’y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo’shimcha smenalarini jalb 
qilish, kapital uskunalardan o’rnatilgan normativdan yuqori darajada foydalanish, ish 
vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindosh ishlarda band bo’lish kabilar buning asosiy 
sabablaridir.  
Ishsizlik – bu nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy oqibatlarga ham ega bo’ladi. 
Turg’unlik depressiya fazasi ishchi kuchining faoliyatsizligiga sabab bo’ladi, 
faoliyatsizlik esa malakaning yo’qolishiga hamda ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklarga 
olib keladi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish