• Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini bevosita
kreditlamasada, u tijorat banklarining kredit zahiralariga bozor usullari orqali samarali tasir
korsatish imkoniyatiga ega boladi. Buning uchun pul bozorining turli boginlarida Ozbekiston
Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu jumladan valyuta intervensiyasidan, ikkilamchi
bozorda davlat qimmatli qogozlari bilan boladigan operatsiyalaridan, kredit kimoshdi savdolaridan
foydalanadi. Markaziy bank ozi belgilagan shartlarga binoan oltin, chet el valyutasi, xalqaro
rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat
kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga otkazilgan va uning depozitariysi
uchun maqbul bolgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, tolanishiga banklar
kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bolgan
muddatda kredit berishi mumkin. Tijorat banklariga kredit berishning eng kop tarqalgan bu turi
banklarni qayta moliyaviy taminlash deb yuritiladi va u «Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki
togrisida»gi Qonunning 30-moddasiga asosan amalga oshiriladi.Tijorat banklari va hukumat
Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy mijozlaridir. Boshqacha aytganda, Ozbekiston
Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklari Ozbekiston
Respublikasi Markaziy bankidagi oz hisob varaqlaridan ozaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va
undan tashqari naqd pul zarur bolganda ham ular Markaziy bankka murojaat qilishadi.
Tijorat banklarining kassa zahiralarini jamgarish va saqlash. Muomaladagi pul miqdori
hajmini boshqarish uchun Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki jalb qilingan pul
mablaglari hajmiga qarab tijorat banklarida zahiralarning muayyan koeffitsientlarini
belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi, uning pul miqdori osish
surati va tuzilmasiga, shuningdek pulning qadrsizlanish darajasiga tasiri majburiy
zahiralash tizimining moslashuvchanligiga bogliq. Korib chiqilayotgan Qonunning 28-
moddasiga muvofiq majburiy zahiralar alohida hisob varaqda naqd pul yoki omonatlar
tarzida deponentga olinadi. Zahiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan bogliq qisqa
muddatli muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda Ozbekiston Respublikasi
Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zahiralarga foizlar qoshib qoyilishi ham mumkin.
Tijorat banklarining mablaglarini zahiralash talablariga amal qilish borasida javobgarligini
oshirish uchun qonunda moliyaviy sanksiyalar (53-modda) kozda tutilgan. Ozbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga tolanmay qolgan pulni qonunda belgilangan tartibda sozsiz
Do'stlaringiz bilan baham: