150
ular o‘rtasidagi hamkorlik uzoq davom etishi mumkin emas edi. Lekin aynan tashqaridan
o‘tkazilgan tazyiqlar, garchi mamlakat ichkarisidagi voqealar bahona qilib ko‘rsatilgan bo‘lsada,
hamkorlikning buzilib ketishiga sabab bo‘ldi. 1947 yili Sitsiliyada mafiyaning bir guruh to‘dasi bir
oz kamayishida ishtirok etgan ishchilarni o‘qqa tutdi. Bu voqea mamlakatda inqirozni yuzaga
keltirish bilan birga, hukumatning tarqatib yuborilishiga ham sabab bo‘ldi, De Gasperi
boshchiligida tuzilgan yangi hukumat tarkibiga kommunistlar va sotsialistlarning vakillari
kiritilmadi. Sotsialistlar yetakchisi Pyetro Nenni agar ahvol shunday davom etaversa, Italiyaning
ichki ishlari tashqi omillarga yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolishini achinish bilan ta’kidladi. U
tashqi faktorlar deganda, Vatikan va AQShni nazarda tutgan edi. O‘z tarafdorlari bilan sotsialistik
partiya tarkibidan chiqib, kommunistlar bilan hamkorlik qilmaslik siyosatini olib borayotgan Italiya
sotsial demokratik partiyasida (ISDP) rahbarlikni o‘z qo‘liga olishga erishgan sotsialstlar so‘l
qanotining yetakchisi Djuzeppe Saragat yangi tuzilgan hukumatda premyer-ministr o‘rinbosari
lavozimiga tayinlandi. Kommunistlarni cherkovdan ajratib tashlash to‘g‘risidagi dekretni chiqarish
bilan, Vatikan antikommunistik siyosatni qo‘llab-quvvatladi.
Urushdan keyin dastlabki yillarda neofashistlarning harakati yuzaga keldi. Italiyada fashizm
qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan va yangi konstitutsiyaga ko‘ra, tarqatilib yuborilgan fashistik
partiya biror bir shaklda bo‘lsa ham qayta tiklanishi tamoman ta’qiqlab qo‘yilgan bo‘lsada (11
razdel, P.X11 - ) , jamiyatdagi ba’zi guruhlar o‘z hayrihohliklarini saqlab qoldi. Ular fashizmning
mag‘lubiyatini qayg‘u bilan qabul qilishdi. Fashizm tarafdorlari safida monopolistlar, harbiy va
davlat amaldorlari, (Mussolini diktaturasi davrida yuqori lavozimlarga ega bo‘lganlar) kichik
burjuaziyaning ma’lum bir qismi IIH ham bor edi. 1946 yil dekabrida neofashistlarning ijtimoiy
harakati partiyasiga asos solindi. Bu partiyani dastlab DJ. Almirante, keyinchalik esa A.Mikelini
boshqardi. Italiya ijtimoiy harakati partiyasi dasturida fashistik korparativ tizimni o‘rnatish,
fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, antimarksizm, tashqi siyosatda “imperik” g‘oyalarning ustunligini
ta’minlash vazifalari ilgari surildi. Partiya a’zolari ichidagi taktik ba’zan fraksiyalar o‘rtasida
keskin ixtiloflar yuzaga chiqishiga sabab bo‘lsada, umuman IIH legal siyosiy faoliyat olib borish va
neofashistlarning o‘ng radikal liberal-monarxistik doiralar bilan birlashish yo‘lidan bordi. Italiya
isteblishmentida IIH kichik partiyalar qatoriga kirib, ularning elektorati parlament saylovlarida
ko‘pincha, 6 % dan oshmas edi.
1948 yil bahorida parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Neofashistlar 2 % ovozga ega bo‘ldi.
Kommunist va sotsialistlarning birlashgan bloki uchun saylovchilarning 1g‘3 qismi ovoz berdi.
Xristian demokratik partiya deyarli 50% ovoz olib, katta muvaffaqiyatga erishdi. De Gasperi,
parlamentda asosan XDP a’zolaridan iborat bo‘lgan hukumatini tuzdi. Bu hukumat De Gasperi
boshchiligida tuzilgan 5-hukumat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: