tayinlanganligi, tekshiruv qaysi nazorat organlari tomonidan o’tkazilishi,
sohasidagi islohotlarni amalga oshirish va soliq munosabatlarini takomillashtirish,
soliq nazoratining shakllari va ularning amal qilish holatini ilmiy tahlil qilish
muhim va dolzarb muammoli masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Soliq nazorati
davlat va jamiyat hayotida juda muhim o’rin tutadi, chunki uning vositasida
davlat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy vazifalarning bajarilishini
ta’minlash uchun zarur bo’lgan moddiy-moliyaviy resurslar jamlanadi, yalpi ichki
Soliq nazorati mamlakatdagi nazorat tizimining ajralmas tarkibiy qismi
bo’lib hisoblanadi va shu sababli soliq qonunlariga rioya etilishiga erishishni
ta’minlash qonunchilikni mustahkamlash, huquq tartibotiga rioya etilishiga
erishishni anglatadi. Soliq nazorati huquqiy tizimning ajralmas tarkibiy qismi
sifatida adolat, demokratiya kabi tamoyillarga amal qiladi. Soliqlar davlat
daromadlari tarkibida eng salmoqli va hukmron mavqeini egallashi jamiyatdagi
huquqiy ong, iqtisodiy taraqqiyot, nazorat tizimlarining vujudga kelishi bilan
bog’liqdir. Soliq nazoratining vujudga kelishi jamiyatning demokratlashuvi
jarayoni bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning vositasida davlatning yangi
soliqlar va yig’imlar joriy etish hamda to’plashga bo’lgan ishtiyoq bilan ishlab
chiqarishda qatnashayotgan fuqarolar mulkiy manfaatlari o’rtasida adolatli
muvozanat saqlab turilishiga harakat qilinadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida davlat nazoratining asosiy
turi, bu soliq nazorati hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan
boshlab mamlakatda olib borilayotgan soliq nazorati iqtisodiy islohotlarga mos
ravishda rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish davomida soliq
nazorati shakllanib, uzluksiz takomillashib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi
soliq qonunchiligi vositasida soliq sohasidagi islohotlar amalga oshiriladi. Soliq
qonunchiligi davlat faoliyatining yo’nalishlaridan biri sanaluvchi davlat ichki
daromadlarini shakllantirishga oid bo’lgan moliyaviy-huquqiy munosabatlarni
tartibga soluvchi qonunchilik tarmog’idir.
Soliq to’lovchi moliya-xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi)
- tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi
maxsus
vakolatli
organ
tomonidan
tasdiqlangan
muvofiqlashtirish rejasi asosida o’tkaziladigan tekshiruvdir. Amaliyotda soliq
nazorati davlat va nodavlat nazorati shakllarga bo’linadi (3-rasm).
Soliq nazoratining asosiy vazifasi-belgilangan soliq va yig’imlarni o’z
vaqtida, belgilangan hajmda yig’ilishini ta’minlash yo’li bilan davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2010 yil 8 yanvardagi «Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya
qilish chora-tadbirlari to’g’risida» PQ-1257-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda
to’plangan va chet el tajribasini hisobga olgan holda soliq organlari tizimini
yanada modernizatsiya qilish, nazorat qiluvchi organlar funktsiyalaridagi bir-birini
takrorlashlarni bartaraf etish, respublika fiskal-moliya organlari tuzilmasida soliq
organlarining, eng avvalo, qabul qilingan soliq qonunchiligini va davlat
byudjetining daromad qismini shakllantirish bo’yicha belgilangan topshiriqlarni
bajarish masalalaridagi vakolatlarini kengaytirish va rolini oshirish maqsadida.
Do'stlaringiz bilan baham: