Undirma sanoatda renta
- foydali qazilma konlarining
joylashishi va ularning boyligidagi farqlar natijasida vujudga keladi.
Yer osti qatlamida foydali qazilma boyliklarning joylashganligi
jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi.
Xuddi qishloq xo’jaligiga o’xshab, o’rta, yaxshi va o’ta yaxshi konlarda
ish yurituvchi korxonalar mavjud.
Qazilma boyliklarni yerdan ajratib bo’lmaydi, uning ustidagi boylik
yer bilan birgalikda mulk hisoblanadi. Mulk egasi undan o’zigina
foydalansa qo’shimcha foyda oladi. Konni ijaraga olgan sub'ekt mulk
egasiga undan foydalanganligi uchun renta to’laydi. Undirma sanoatdagi
renta tuproq hosildorligiga emas, balki yer qa'ridagi qazilma
boyliklarning oz ko’pligi, sifati, qazib olish xarajatlariga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |