Mashg„ulotning maqsadi: Talabalarda shaxsning rivojlanishi va shakllanishida irsiyat va
ijtimoiy muhit, ta‟lim-tarbiyaning ta‟siri, shaxsni shakllantirishda, insonning xulq-atvori,
muloqoti va faoliyatida ta‟lim va tarbiyaning tutgan o‟rni, bolaning yosh davrlari haqida
amaliy ko‟nikmalarni shakllantirish.
Kutilayotgan natija : Talabalar shaxs motivatsiyasi, emotsional va irodaviy
sifatlari,individual psixologik xususiyatlari,shaxs va jamiyat orasidagi munosabatning
psixologik qonuniyatlarini aniqlash malakalariga ega bo„lishi va talabalarda o‟z hayot
yo‟lini, maqsadlarini kasbini mustaqil tanlash, o‟zining psixologik va fiziologik xatti-
29
harakatlarini boshqara olishi va amalda o‟z qobiliyati, layoqatlaridan to‟la foydalana olishi,
doim o‟zini mukammallashtirishga intilishi shakllanishi zarur.