17
Zamonaviy psixologiya fanining asosiy sohalari.
Inson o‟zining kimligini anglashga intilishdan, o‟z ruhiy dunyosini va o‟zgalar
ruhiyatini bilish istagi paydo bo‟lishdan, tabiat va jamiyat xrdisalarini tushunishga
extiyoj sezishdan, o‟tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan
e‟tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq
o‟tmish tarixga ega bo‟lsada, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib
chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o‟sha davrda kishilik
jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‟zgarishlar sabab bo‟ldi, chunki
bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya‟ni
psixika mohiyatini tushunish maqsadida o‟sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik
laboratoriyalar vujudga kela boshladi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib psixologiya fani to‟g‟risidagi
ilmiy tushunchalarda keskin o‟zgarishlar yuzaga keldi va ularning ta‟siri natijasida
psixologiyaning tadqiqot obyekti sifatida insonga muhitning ta‟siri, uning xulq-atvorini
o‟rganish muammolari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining rivojlanishiga
ijobiy hissa qo‟shgan bir qator konsepsiyalar, nazariyalar, oqimlar va yo‟nalishlar
vujudga keldi.
Bixeviorizm
- AQShda E.Torndayk, D.Uotson kabi olimlar dastlab hayvonlarda
keyinroq odamlar xulqini o‟rganish asosida xulq- atvor psixologiyasini yaratdilar.
Bixeviorizmning formulasi SR (Stimul Reaksiya) tasirga javob berishdan iboratdir.
Bixeviorizm yo‟nalishlari doirasida o‟tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar avvalo
amerikalik olimlar K.Xoll va V.Skinnerlar nomi bilan bog‟liq. Ular va ularning
izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va boshqalar diada – ikki
kishi o‟rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko‟rinishlarini tadqiq qilib,
ularda matematik o‟yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar.
Klassik bixeviorizmdan farqli o‟laroq ijtimoiy-psixologik bixevioristlar
hayvonlar o‟rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning
uchun ham ularning g‟oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda
to‟plangan dalillar modelini insonlarda qo‟llash hollari kuzatildi.
Neobixeviorizm
- tajriba yo‟li bilan ta‟sirni o‟rganish, oraliq uzilishlar bo‟lishi
haqida, buning asosida geshtalt, ya‟ni tasvir haqidagi ta‟limotdir. Uning asoschilari
E.Tolmen hisoblanadi, xuddi shu ta‟limot asosida avstriyalik vrach psixiatr Z.Freyd
psixoanaliz ta‟limotini yaratdi.Tushunish psixologiyasi - bu oldindan his etish ya‟ni
intuitsiyaga asoslangan qarash bo‟lib, uning asoschisi V.Dilten (1833-1911)
hisoblanadi. U tabiiy ilmiy va diniy ilmiy degan ikki yo‟nalishdagi fanlar
tizimini taklif
qildi.
Freydizmning
jahon ilmi va malakiyoti uchun ta‟siri shu qadar katta bo‟ldi-ki,
jamoadagi yoki guruhiy ongsizlik g‟oyasini ilgarni surgan K. Yung hamda individual
psixologiyani targ‟ib etgan, A.Adler va ularning izdoshlari bu kontseptsiyani yanada
rivojlantirishga o‟z hissalarini qo‟shdilar. Bu nazariya va kontseptsiya hanuzgacha
18
shaxs psixologiyasini, psixoanaliz esa psixoterapiyani o‟rganishda asosiy metodlardan
biri sifatida qo‟llanilib kelinmoqda.
Neofreydizm
- avstriyalik A.Alfred (1870-1937) shveytsariyalik Yung Karl
Gustav analitik psixologiyani, amerikalik Xorney (1885-1952) psixoanaliz ta‟limoti
asosida o‟z nazariyalarini yaratdilar, unga muvofiq odam tashqi ta‟sirga javoban o‟z
strategiyasini ishlab chiqadi, ya‟ni odamlarga intilish yoki odamlardan qochish, unga
qarshi chiqish yoki yonbosish ishtiyoqida bo‟ladi. Har doim nevrotik, konflikt
holatidan chiqish yo‟llarini qidiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: