bevosita va bilvosita
bo`lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy
organlari yordamida ya‟ni qo`li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa
– bu bevosita bo`ladi, agar muloqotni tashkillashtirish va ma‟lumot almashishda
maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa– bu muloqot bilvosita deyiladi.
Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan tashqari
ishbilarmonlik
va shaxsiy
turlari ham farqlanadi. Ishbilarmonlik muloqoti odamlarning turli xildagi
qo`shma mahsuldor faoliyati va mazkur faoliyatining sifatini oshirish vositasi
sifatida yuzaga keladi. Shaxsiy muloqot esa shaxs o`zining psixologik
muammolariga, qiziqishlariga, ehtiyojlariga, o`z hayotiga, atrofida nimalar
bo`layotganligiga bo`lgan munosabatini atrofdagilardan bilishga yo`naltirilgandir.
Muloqot turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |