1.3.Kasb ta'limining ilm sifatidagi o'rni.
Kasb – muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyatining turi.
Kasb-hunar sirlarini egallashga umummilliy, umumkasbiy, maxsus ma'lumotlar
hamda amaliy ish harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini o'zlashtirish orqali
erishiladi
Kasbiy ta'lim – insonni o'zi tanlagan, tor yo'nalishdagi mehnat faoliyatiga
xizmat qiladi. O'quvchi – talabalarni hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari, uning
bazasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan qurollantirishni ta'minlaydi, hamda inson
faoliyatining turli sohalaridagi ish operasiyalarini o'zlashtirib olish uchun baza (asos)
ahamiyatiga ega bo'lgan bir qator mehnat ko'nikma va malakalarini egallab olishni
nazarda tutadi. Natijada yangi demokratik jamiyat qurishga qodir bo'lgan yuqori
malakali, ongli va faol zahmatkashni tayyorlashga imkon beradi.
Ta'lim ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi va umumfalsafiy metodologiyaga
muvofiq bu qonuniyatlar ta'lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar
o'rtasidagi umumiy, muhim, zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta'limning
mazmuni, shakllari, uslublari va vositalari o'rtasidagi ichki bog'lanishlardan iboratdir.
Ta'lim jarayoni davomida quyidagi qonuniyatlar yoritiladi:
Kasbiy ta'lim jarayoni qonuniy ravishda ijtimoiy jarayonlardan va jamiyatning
ehtiyojlaridan kelib chiqqan;
Kasbiy ta'lim jarayoni yaxlit pedagogik jarayonga kiradigan o'qitish,
tarbiyalash va kamol toptirish jarayonlari bilan qonuniy ravishda bog'liqdir;
Kasbiy ta'lim qonuniy ravishda ta'lim oluvchilarning haqiqiy o'quv
imkoniyatlariga bog'liqdir;
Ta'lim qonuniy ravishda o'zi amalga oshiriladigan tashqi sharoitlarga
bog'liqdir;
Ta'lim va ta'lim jarayonlari yaxlit ta'lim jarayonida qonuniy ravishda o'zaro
bog'liqdir;
Ta'lim mazmuni qonuniy ravishda uning jamiyat ehtiyojlarini, fan
rivojlanishining darajasi va mantiqiy, haqiqiy o'quv imkoniyatlari va ta'lim uchun
tashqi sharoitlarini aks ettiradigan vazifalarga bog'liqdir;
Ta'limning prinsiplari bilan qonuniyatlari ham o'zaro bog'liqdir.
Mustaqil Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida bugungi kun talablariga javob
beradigan etuk mutaxassislar tayyorlashda ta'lim tarbiya sohasidagi islohotlarning
o'tkazilishi zamirida bo'lajak mutaxassis kadrlarning salohiyati va bilim saviyasi
yaxshilanmoqda.
Aynan shu maqsadarni ro'yobga chiqarishda Respublikamizda kasb ta'limi
islohoti, kasb ta'limning tashkil etish jarayonlari va uni o'qitish uslublari didaktika va
uning tamoyillari, o'quv jarayonida o'qitish vositalaridan foydalanish uslublari, kasb
ta'limida innovasion texnologiyalar, dars jarayonini tashkillashtirish, talabalarni
iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, bilim, ko'nikma va malakalarini oshirish
hozirgi zamon talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |