4
Windows 3.x ning ilgarigi versiyalari MS DOS ni asos sifatida olgan bo’lsa, Windows 95
esa kompyuterda biror bir boshqa operatsion tizim ishtirokini talab etmaydi. Siz
mashinaga bittagina maxsulotni o’rnatasiz va darxol .Windows muxitiga tushasiz.
Bundan tashkari .Windows 95 shunchaki operatsion tizimgina emas. Bu ko’plab
yangi, foydali va qiziqarli narsalarni uzida saklaydigan dasturiy maxsulotdir. Oddiy va
tushunarli xujjatga yunaltirilgan interfeys, kontekstli menyu, sozlashning oddiyligi, DOS
ilovalar va Windows ning oldingi versiyalari bilan tulik moslik, shuningdek, umuman
butun tizimning g’aroyib kuch kudrati – uzoq va mashaqqatli ishi natijasi bo’ldi. Endi
hatto yangi foydalanuvchi ham mazkur yangi OT bilan ishlashda o’zini ishonchsiz his
etmaydi. Foydalanuvchi qanday vaziyatda qolmasin qulay va tushunarli interfeysda
adashib qolmaydi. Ish jarayonida yordam beradigan va kompyuter texnikasi soxasidan
uzoq bo’lgan kishiga mo’ljallangan interfeys bu mahsulotni ommaviy iste’molchiga qulay
qilib qo’ydi.
Windows 95 OTning asosiy menyusida ishlash juda ham oddiy bo’lib, foydalanuvchi
uchun qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Microsoft kompaniyasining boshqa
istalgan maxsuloti kabi Windows 95 ni ham uchta oddiy so’z bilan izoxlash mumkin:
oddiylik, kuvvatlik, moslik.
Windows operatsion muxiti quyidagi imkoniyatlarga ega:
Universal grafika- Windows dasturlarining qurilmalariga va dastur ta’minotga
Bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys- Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli
dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. SHuning uchun yangi dastur bilan
ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minot bilan muvofikligi – Windowsning barcha amaliy paketlari
taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.
Ko’p masalaligi – Windows bir paytning o’zida
bir necha masalani hisoblaydi, bir
dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi.
Mavjud operativ xotirada to’la
foydalana oladi, qurilma resurslaridan ham to’liq
foydalanadi.
Ma’lumotlar
almashuvi – Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish
imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi) yoki DDE (ma’lumotlarning
dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish) yoki OLE
(ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
Windowsda ekran ”desktor” deb ataladi. Barcha amallar unda bajariladi. Windows
so’zining ma’nosi “oynalar” (darchalar).SHuning uchun Windowsga kirganda dasturlar
darchalarda bajariladi.Darchalarni joyini va o’lchamlarini uzgartirish mumkin. Agar bir
nechta dastur bajarilayotgan bo’lsa, darchalarni piktogrammalarga kichraytirish mumkin.
Bu esa ekrandan unumli foydalanish imkonini beradi. Darchalar uch xil bo’ladi:
Dasturlar
darchasi;
5
Xujjatlar darchasi;
Muloqot darchasi.
Darcha yoki piktogramma joyini o’zgartirish uchun sarlavxani sichkoncha
tugmachasini bosgan xolda yangi joyga keltiriladi.
Windows dasturi yuklanganda uning ishchi stolida “moy kompyuter”, “moi
dokument” ,“portfel”, “korzina” piktogrammalari (istalgan piktogrammalarni joylashtirish
mumkin) namoyon bo’ladi. Ekranning pastida joylashgan “ Panel zadach”da “Pusk”
tugmasi joylashgan bo’lib, unda Bosh menyu joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: