1-rasm. Suv
ta`minoti sxemalari. a-tarmoqlangan,
b-halqasimon.
Axoli yashaydigan xududlarda (ko’p xollarda eng baland yerga) toza suvni saqlash
uchun, bosimni va suv sarfini bir xil ushlab turish uchun bosimli suv idishlari joylashtiriladi.
Agar yer osti suv manbaasi tanlangan bo’lsa, u holda sxema ancha soddalashadi.
Ushbu sxemada tozalagich inshootlari, ikkilamchi nasos stantsiyasi bo’lmaydi.
Sxemada ikki va undan ortiq suv manbaalari bo’lishi mumkin. Agarda suv manbaasi
iste’molchilardan ancha yuqorida joylashgan bo’lsa nasos stantsiyalarsiz suvni yuqoridan
pastga oqishidan foydalanib (bosimsiz) sxema tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |