Gorizontal suv yiguvchi inshoatlar
Gorizontal suv yiguvchi inshoatlar suvli qatlamlar unchalik chuqur joylashmagan va
suv quvvati unchalik katta bo’lmaganda quriladi (5-7m.). Ular drenaj quvurlar yoki
galereyadan iborat bo’lib, suvli qatlam orasiga, suv oqimining yo’nalishiga tik xolda
quriladi. Drenaj quvurlar yoki galereya atrofida sun’iy fil’tr o’rnatiladi. Suv tuproqdan
drenajli quvurlar yoki galereyaga o’tib, maxsus suv yiguvchi quduqka oqib tushadi va u
yerdan nasoslar yordamida tegishli inshoatlarga uzatiladi. Suv yiguvchi inshoatlar xar
biri 25-30 m. uzunlikda joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |