1. Ichimlik suvi manbaalari
Ichimlik suvi manbaalari
- yer osti va yer usti manbaalariga bo’linadi. Yer osti
manbaalari yer usti manbaalaridan va yomg’ir, qor suvlarni sizishidan hosil bo’ladi. Ular
bosimli (artezian) va bosimsiz bo’lishi mumkin.
Bosimsiz yer osti suvlari - ozod yuzaga ega bo’lib, bular sizot suvlardir. Ularni
ishlatishdan oldin tozalash zarurdir.
Bosimli (artezan) suvlari - suv uzatuvchi gorizontni to’lik egallagan bo’lib, sifati
talab doirasida bo’lib, ularni zararsizlantirib iste’molchiga uzatish mumkin.
Ichimlik suvi manbaalari axvoli, ularni suv ta`minoti uchun yaroqliligi sanitariya,
gidrogeologik, gidrologik va topografik kuzatuvlar natijalari asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |