2. Savdo dơkonida savdo jihozlarini joylashtirish.
Savdo dơkonining dizayniga brend va savdo dơkoni turi ta'sir etadi. Yana bir
muhim jihat - bu savdo dơkonining savdo hududining maydoni. Bu maydon savdo
dơkonini zonalarga bơlishga, umumiy merchandayzing va savdo jihozlarini
tanlashga ta'sir etadi. Bu masala alohida omborxonalarga ega bơlgan dơkonlarga
dolzarb hisoblanadi. Savdo dơkonining potoloklarning balandligi ham ahamiyatga
ega, chunki dơkondagi chiroqlarni dizayn proektini ishlab chiqish shunga boğliq
bơladi.Yorqin va tơğri tushirilgan yoruğlik kiyim tanlashda juda muhim rol
ơynaydi, shuning uchun bunga magazin savdo hududini tanlashda ahamiyat
berish kerak.
Maydoni katta va keng dơkonlarda dizayner fikri maydonni tejashga sarflanmaydi,
balki bemalol xohlagan intererni yaratishi mumkin. Bu holat kơproq butik va
brend dơkonlariga hosdir.Asosiy ğoya - noyoblik ( eksklyuzivlik) bu savdo
hududida mebel, chiroqlar,ranglar jilosi,vitrinalarni tashqi bezagi, reklama va
poligrafiya mahsulotlari. Savdo mebelini tanlash magazin turiga boğliq
bơladi.Ayniqsa savdo jihozlarini zamonaviyligiga, sifatiga va qulayligiga
butiklarda va brend magazinlarda katta e'tibor beriladi.
Qimmat savdo dơkonlarida qimmat jihozlar bơlishi shart. Bu dơkonlarda kiyim
modellarini yagona nushada va kam sonda bơlishiga urğu beriladi.
Katta dơkonlarni maydoni katta bơlganligi uchun savdo jihozlarini joylashtirishda
alohida xaridorlarni tovarni olishga, kơrishga qulayligini e'tiborga olish kerak va
xaridor bir qarashida kơp sonli tovarni kơrishi kerak. Va shunga e'tibor berish
kerakki, tovarlar juda kơp va zich joylashishi kerak emas, chunki bu holat
xaridorga tovarni olib kơrishga noqulaylik tuğdirmasligi kerak.
Xaridor uchun kiyimni tanlash,olish va kiyib kơrish qulay bơlishi shart. Savdo
dơkoniga kelgan xaridorga alohida e'tibor qaratish lozim. Dơkondagi savdo
jihozlari ham xaridorga tovarni tanlashiga, uni kiyib kơrishiga halaqit bermasligi
kerak. Dơkondagi kiyimlar kiyim razmeri bơyicha, assortimenti bơyicha, ayollar
uchun alohida, erkaklar uchun alohida va bolalar uchun alohida joylashtirilishi
maqsadga muvofiq bơladi.
Dơkondagi savdo jihozlarida eng qulay kơzga tashlanadigan polka va qơl
yetadigan polka hisoblanadi. Eng pastki polkalarda oyoq kiyimlar joylashtiriladi.
Katta dơkonlarda savdo maydonini quyidagicha taqsimlash mumkin:
-frontal va kiyim iladigan kronshteynlarni kơproq ishlatish;
-kompakt stellajlarni savdo zalining markazida joylashtirish;
-tovarlarni ilinadigan va taxlanadigan qismlarga tơğri taqsimlab olish;
-manekenlarni kơp miqdorda ishlatish;
-qulay kiyinish zonalarini kerakli miqdorda bơlishi.
63
Ommaviy sotuv dơkonlari boshqacha yondashishni talab etadi.
Bunday dơkonlarda omborxonalarda qolib ketgan tovarlar va eski kolleksi larning
qoldiqlari sotiladi. Bu dơkonlarning maqsadi maksimal darajada sotilmay qolgan
tovarlarni sotishdan iboratdir.Shuning uchun bu dơkonlarning zơr intererda bơlishi
talab etilmaydi, chunki xaridorlarni tovarlarni katta narhi tushirilganligi qiziqtiradi
xolos.Lekin narhni tushirishda ham ehtiyotkorona harakat qilish lozim,chunki
bunday dơkonlar (sekond xe nd) kiyilgan kiyimni emas, balki yaxshi sifatli
kiyimni sotadilar.
Kiyim tanlashni osonlashtirish uchun va eng qiziqarli noyob modellarni
kơrsatish uchun manekenlardan foydalaniladi.Bu eng tarqalgan usullardan bơlib
haridorlarni jalb qilish uchun ishlatiladi.Manekenlar savdo hududini va vitrinalarni
bezatishda ham ishlatiladi. Manekenga asosan kiyimni butun komplekti kiydiriladi
va shu sabab xaridor rejalashtirmagan kiyimni butun komplektini sotib olish
ehtimoli bơlishi mumkin.Manekenlar kiyimni odam gavdasida qanday kơrinishini
kơrsatadi va kollektsiyalar assortimentini tơğri qơllashni ơrgatadi. Manekenlardagi
kiyimlar yangi kollektsiyalardan bơlib xaridorlarga sơngi moda yangiliklari
tơğrisida ma'lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |